SANOAT CHIQINDI SUVLARIDAN MIS (II) IONINI REAGENTLAR YORDAMIDA ANIQLASH USULLARI

Oʻktamova S. . & Gulboyeva D. R.


Annotatsiya

Sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan chiqindi suvlarning tarkibidagi ogʻir metallar, xususan mis (Cu²⁺ ionlari), atrof-muhit va inson salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Ushbu maqolada sanoat chiqindi suvlarida mavjud boʻlgan mis ionlarini aniqlashning samarali va sezgir usullarini ishlab chiqish masalasiga bagʻishlanadi. Tadqiqotda azot tutgan baʼzi tanlangan organik reagentlardan sorbent sifatida foydalanib, mis ionlarini suvdan ajratib olish (sorbtsiya) va soʻngra ularning kontsentratsiyasini spektroskopik usullar (masalan, UV-Vis spektrofotometriya) yordamida aniqlash nazarda tutiladi. Ushbu yondashuv, ayniqsa, chiqindi suvlardagi metallarning juda kam konsentratsiyalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqilayotgan usulning aniqligi, sezgirligi va amaliy qoʻllanilishi tahlil qilinadi.


Adabiyotlar

  1. Sobirov, S. S. (2018). “Atmosfera va suv havzalarini kimyoviy ifloslanishdan muhofaza qilish”. Toshkent: Navroʻz nashriyoti.
  2. Smith, J. et al. (2020). Selective preconcentration of heavy metals from industrial wastewater using functionalized chelating resins. “Journal of Environmental Chemical Engineering”, 8(3), 103851.
  3. Ochildiyev, R. Q. (2015). “Analitik kimyo asoslari”. Samarqand: Zarafshon nashriyoti.