MIKRO-GIDROELEKTR STANSIYALARDA AYLANMA HARAKATNI UZATISH QURILMALARINING GEOMETRIK VA KINEMATIK PARAMETRLARINI TAHLIL QILISH

Goipov E. A.


Annotatsiya

Mazkur maqolada mikro-gidroenergetika qurilmalarida gidroturbina validan elektr generatoriga aylanma harakatni uzatishda qo‘llaniladigan oraliq mexanizmlarning konstruktiv xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, tishli va lentali (tasmalı) uzatmalarning afzallik va kamchiliklari, ularning ishlash resursi va energiya samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Lentali uzatmalarning geometrik parametrlari (yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlar diametri, tasma uzunligi, o‘qlararo masofa, qamrov burchagi) o‘rtasidagi matematik bog‘liqliklar keltirilgan. Shuningdek, uzatish soni, sirpanish koeffitsienti va foydali ish koeffitsientini hisoblash usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalari mikro-gidroelektr stansiyalar uchun samarali va ishonchli uzatma tizimlarini loyihalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Adabiyotlar

  1. O‘razboyev, T. (2020). Kichik gidroenergetika asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya, 215 b.
  2. Karimov, A., & Usmonov, B. (2021). Mikro-GESlarda qo‘llaniladigan uzatmalar tahlili. Muhandislik fizikasi jurnali, 3(2), 45-52.
  3. Yo‘ldoshev, I. (2022). Mashina detallari va konstruksiyalari. Samarqand: SamDU nashriyoti, 178 b