YER OSTIDA TANLAB ERITMAGA O‘TKAZISH USULIDA URAN QAZIB OLISHDA TEXNOLOGIK ERITMALAR TARKIBIDAGI MUALLAQ ZARRACHALARNING KOLMATATSIYA JARAYONIGA TA’SIRI

Rabbimov H. T. & Kamolov M. А.


Annotatsiya

Maqolada yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli bilan uran qazib olish jarayonida texnologik eritmalar tarkibidagi muallaq zarrachalarning kolmatatsiya jarayoniga ta’siri o‘rganilgan. Navoiyuran davlat korxonasi sharoitida faoliyat yurituvchi “Ketmenchi” va “Sabirsay” konlarining gidrogeologik sharoitlarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mexanik kolmatatsiyaning rivojlanish qonuniyatlari aniqlangan. Muallaq moddalar konsentratsiyasining grunt o‘tkazuvchanligiga ta’siri o‘rganilib, kritik chegara – 5 mg/l normasi ilmiy asoslangan. Polikrilamid (PAA) asosidagi flokulyatsiya usuli yordamida eritmalarni chuqur tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan va tajriba-sanoat sinovlari o‘tkazilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, taklif etilayotgan texnologiya quduqlarning qabul qilish qobiliyatini 20% dan ortiq oshirishga va ta’mirlash ishlari hajmini 10 barobar kamaytirishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida qazib olish narxining 10% ga kamayishiga olib keladi.


Adabiyotlar

  1. Darby, Sarah J., et al. “Briefing: Stocktaking Global Warming: The Outcomes of the 2023 Dubai Climate Summit (COP28).” Proceedings of the Institution of Civil Engineers - Energy, Aug. 2024, pp. 1–12. https://doi.org/10.1680/jener.24.00005.
  2. World Bank Group. Uzbekistan Country Climate and Development Report. Washington, DC: World Bank; 2023 [cited 2024 Sep 15]. https://hdl.handle.net/10986/40608
  3. Раббимов Х.Т. Влияние дисперсности пород на скорость их кольматации взвешенными веществами при подземном выщелачивании урана // Universum: технические науки. – Москва, 2023. – №5(110). Част 6. – С. 5-8.
  4. Alikulov Sh.Sh., Rabbimov Kh.Т. Research rational parameters of solutions during underground leaching of uranium // The American Journal of Applied Sciences. American, 2022.-№ 4(08). 4-19pp.
  5. Трошник И.Д. Руднеко. А.А. Подземное выщелачивание редких элементов.-М.: РХТУ им Д.И. Менделеева, 2017 -128 с.