ETILEN OKSIDI VA AMMIAKDAN ETANOLAMINLAR SINTEZI
Qurbonov A. N. & Beknazarov H. S.
Annotatsiya
Ushbu maqolada mahalliy xomashyolar asosida amin absorbentlarini sintez qilish jarayoni va ularning tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalashdagi qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganilgan. tadqiqotning asosiy e’tibori etilen oksidi va ammiak o‘zaro ta’siri asosida mono-, di- va trietanolaminlarni olish jarayonining texnologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Sintez jarayonining harorat, bosim va reagentlar nisbatiga bog‘liqligi tajribaviy jihatdan tahlil qilinib, mahsulot tarkibiga ushbu omillarning ta’siri aniqlangan. Olingan natijalar asosida etanolaminlar hosil bo‘lish mexanizmi va kinetik qonuniyatlari o‘rganilgan hamda optimal sintez sharoitlari aniqlangan. Infraqizil spektroskopiya yordamida sintezlangan birikmalarning tuzilishi tasdiqlangan va ularning funksional guruhlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mahalliy xomashyolar asosida olingan aminlar sanoatda keng qo‘llaniladigan absorbentlar bilan taqqoslanadigan xossalarga ega. Mazkur aminlar tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sulfidni samarali ajratib olishda qo‘llanishi mumkin bo‘lib, bu esa gazni tozalash jarayonlarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish va import reagentlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Khoma R., Dlubovskii R., Gelmboldt V. Chemisorption of sulfur dioxide by aqueous solutions of ethanolamines under static conditions//Russian Journal of General Chemistry. Aug2016, Vol. 86 Issue 8, p1811-1818. 8p.
- Shin Ja-Won, Song Young-Hyun, An Byung-Min, Seo Seok-Ju, Park Joo-Yang Energy recovery of ethanolamine in wastewater using an air-cathode microbial fuel cell// International Biodeterioration & Biodegradation. Nov2014 Part A, Vol. 95, p117-121. 5p.
- Novakovskaya Yulia, Rodnikova, Margarita Ethanolamine: conformational diversity// Structural Chemistry. Feb2015, Vol. 26 Issue 1, p177-187. 11p.
- Изучение кинетики процесса аммонализа окиси этилена в безводной среде: Отчет о НИР от 25.04.89/ГИПХ. -, Ленинград, 1989.
- US Patent 2823236, Cl.E. C07C215/06 Manufacture of alkanolamines/ Butler D., Lowe A.J. (England), Meade E.M. (Canada). Appl.27.08.52, Patented 11.02.58.
- DE Patent 1768335, МКИ C07C91/04 Verfahen zur kontinuerlichen Herstellung von Monoaethanolamin/ Dahlinger Roland Dipl-Ing, Schulz Gerhard Dr (Germany). Fail. 02.05.68, Pub.16.03.1972.
- JP Patent 53009707, МКИ C07C91/04, C07C89/02 Method and reactor for preparation of ethanolamines/ Tsuchiya Michio (Japan). Appl.N19760715, Public.28.01.78.
- Wriglay A.N., Smith F.D., Stirtom A.J. Reaction of ethilen oxide with ammonia "J.Am.Oil Chem.Soc.", 1957, -vol.34, N1, p.39-44.
- Rochelle G.T. Amine Scrubbing for CO₂ Capture. // Science, 2009, Vol. 325, pp. 1652–1654.
- Wang M. et al. Post-combustion CO₂ capture with chemical absorption: A review. // Chemical Engineering Research and Design, 2011.
- Abdurahmonov A. va boshqalar. Tabiiy gazni tozalash texnologiyalari. – Toshkent, 2020.
- Li K., Leigh W., Feron P. et al. Recent advances in amine-based CO₂ capture technology. // International Journal of Greenhouse Gas Control, 2016.