KO‘P QATLAMLI GEOAXBOROT BAZASINI LOYIHALASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI (GEOBAZA SXEMASI, QATLAMLAR ARXITEKTURASI, ALOQALAR, VERSIYALASH)
Sattorov S. Y., Pirimov J. J. & Jo‘raqulov F. F.
Annotatsiya
Ushbu maqolada ko‘p qatlamli geoaxborot bazasini (geobaza) loyihalash va yaratish texnologiyalari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida geobaza sxemasini ishlab chiqish, ma’lumotlar qatlamlari arxitekturasini shakllantirish, fazoviy va atribut aloqalarni tashkil etish hamda versiyalash mexanizmlarini joriy etish masalalari yoritilgan. Ko‘p qatlamli yondashuv yordamida turli manbalardan olingan fazoviy ma’lumotlarni yagona tizimga integratsiya qilish, ularning aniqligi va izchilligini ta’minlash imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, geoma’lumotlar bazasida obyektlar o‘rtasidagi topologik va mantiqiy bog‘lanishlarni yaratish orqali tahliliy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Versiyalash texnologiyasi yordamida bir nechta foydalanuvchining bir vaqtning o‘zida ma’lumotlar bilan ishlashi, o‘zgarishlarni nazorat qilish va tarixiy ma’lumotlarni saqlashning samarali usullari tavsiflangan. Tadqiqot natijalari geoaxborot tizimlarini samarali boshqarish, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash hamda qaror qabul qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi..
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5150-sonli “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
- S Abdurakhmonov, M Khamidova, Y Romanyuk, Sh Sattorov, Sh Adizov, E Karimov and M Bozorov, Conventional and current approaches of urban mapping and geodetic base formulation for establishing demographic processes database: E3S Web Conf., 497 (2024) 02028
- Inamov A., Sattorov Sh., Dadabayev A. and Narziyev A. ‘Geoportal visualization of state cadastre objects’, In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, Vol. 1068, p. 012016, 2022, doi: 10.1088/1755-1315/1068/1/012016.
- J. Gerts, S. Khasanov, E. Karimov, and N. Teshaev, ‘Importance of Big Data variables in Agriculture: A comprehensive literature review with a particular focus on variables’, E3S Web Conf., vol. 563, p. 03010, 2024, doi: 10.1051/e3sconf/202456303010.
- M. Khamidov, A. Inamov, U. Islomov, and Z. Mamatkulov, E3S Web of Conferences 365, 01008 (2023)
- Сатторов Ш.Я. и др. Use of aerocosmic methods and GIS programs in construction of space data models of pastural land //Aктуальные научные исследования в современном мире. – 2020. – №. 5-4. – с. 16-22.
- Allen D.W. Getting to know ArcGIS modelbuilder//ESRI Press,380 NewYork Street, Redlands, California 92373-8100. 2011 y.https://lex.uz/acts/25461