YUQORI KUCHLANISHLI HAVO LINIYALARIDA TOJLANISH HODISASINI MONITORING QILISHNING NAZARIY ASOSLARI

Tovbayev A. N. & Tog‘ayev I. B.


Annotatsiya

Ushbu maqolada yuqori kuchlanishli havo liniyalarida yuzaga keladigan tojlanish hodisasini monitoring qilishning nazariy asoslari tadqiq etilgan. Tojlanish jarayoni elektr uzatish liniyalarining ishonchliligiga, uzatilayotgan elektr energiyasi sifatiga, quvvat isroflari miqdoriga hamda liniya elementlarining uzoq muddatli ishlash holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan murakkab fizik hodisa sifatida qaraldi. Tadqiqotda tojlanishning paydo bo‘lish shartlari, unga ta’sir etuvchi asosiy elektr, geometrik va atmosfera omillari tizimli ravishda tahlil qilindi. Xususan, kuchlanish qiymati, o‘tkazgich sirtining holati, sim diametri, fazalararo masofa, havo zichligi, namlik, changlilik, shamol tezligi va harorat kabi ko‘rsatkichlarning tojlanish intensivligiga ta’siri nazariy jihatdan yoritildi. Bunda elektromagnit nurlanish, akustik signal, ultrabinafsha nurlanish, tok va kuchlanish parametrlari hamda atmosfera ko‘rsatkichlari asosida kompleks diagnostika olib borishning afzalliklari asoslab berildi.


Adabiyotlar

  1. A.Tovboyev, I.Togayev, I.Uzoqov, G. Nodirov, E3S Web of Conferences, 414, 03001 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202341703001
  2. I.Togayev, A.Tovbaev, G. Nodirov, E3S Web of Conferences, 525, 03004 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202452503004
  3. G.Boynazarov, A. Tovbaev, U. Usarov, E3S Web of Conferences 548, 03009 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202454803009
  4. O.Jumaev, M. Ismoilov, E3S Web of Conferences, 414, 05008 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202452505012
  5. Y. Kadirov, O. Boeva, A. Rasulov, A. Abrorov, Journal of Physics: Conference Series, 2697(1), 012040 (2024) DOI 10.1088/1742-6596/2697/1/012040
  6. O.Jumaev, M.Ismoilov, E3S Web of Conferences, 414, 05008 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202454102009
  7. D. Mukhitdinov, Y. Kadirov, S. Boybutayev, O. Boeva, U. Babakhonova, Journal of Physics: Conference Series, 2697(1), 012041 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202452506006
  8. R. Juraev, D. Xatamova, Q. Normaev, E3S Web of Conferences, 402, 10018 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340210018
  9. Raximov, F., Taslimov, A., Majidov, A., & Norqulov, A. (2024). Optimization of losses by switching to higher voltage in distribution networks. In E3S Web of Conferences (Vol. 525, p. 03009). EDP Sciences. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202452503009
  10. Boboqulov J., Narzullayev B. Development of a model for diagnosing rotor conditions in the parallel connection of synchronous generators with the network //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 525. – С. 06001. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202452506001