O‘ZBEKISTON SHAROITIDA NAFAS YO‘LLARINING SURUNKALI O‘PKAVIY KASALLIKLARI NATIJASIDA O‘LIM DARAJASI: 2020–2025 YILLAR DAVOMIDA EPIDEMIOLOGIK TAHLIL

Уermanov R. T. & Umarova N. F.


Annotatsiya

Nafas yo‘llarining surunkali o‘pkaviy kasalliklari (jumladan, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, bronxial astma va surunkali bronxit) global sog‘liqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanadi va ular o‘lim hamda nogironlikning asosiy sabablaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida 2020–2025 yillar davomida nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim darajasini epidemiologik jihatdan tahlil qilish, asosiy xavf omillarini aniqlash va ularning dinamikasini baholashdan iborat. Tadqiqot retrospektiv, deskriptiv va analitik epidemiologik yondashuv asosida olib borildi. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat statistika organlari hamda xalqaro epidemiologik manbalardan olindi. Tahlil jarayonida o‘lim darajasi, kasallanish ko‘rsatkichlari, yosh va jins bo‘yicha taqsimot, shuningdek, hududiy farqlar o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, 2020–2025 yillar davomida nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim darajasi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, ayniqsa, 60 yoshdan yuqori aholi guruhida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Erkaklar orasida o‘lim darajasi ayollarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, bu asosan chekish va kasbiy zararli omillar bilan izohlanadi. Hududiy tahlil yirik sanoatlashgan va urbanizatsiyalashgan hududlarda ko‘rsatkichlar yuqoriligini ko‘rsatdi.


Adabiyotlar

  1. Hikmatovich I. N., Xolmatovich J. A., Axtamovna A. F. Applications of Elidel for Lichen Plane //Texas Journal of Medical Science. – 2022. – Т. 8. – С. 113-115. 5- Ачилова Ф. А., Жалилов А. Х. Данные эхокардиографии при малых аномалий сердца у детей //e conference zone. – 2022. – с. 136140.
  2. Hikmatovich I. N., Xolmatovich J. A., Axtamovna A. F. O‘smirlardagi vulgar acne kassaligini kompleks davolashni ishlab chiqish va samaradorlikni aniqlash //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – С. 323-326.
  3. Hikmatovich I. N., Temirovich E. R., Xolmatovich J. A. Herpis virusini mahalliy davolash uchun vifironni qo‘llash //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – с. 349-351.
  4. Hikmatovich I. N., Xolmatovich J. A., Axtamovna A. F. Atopik dermatitli bemorlarni progressiv bosqichda mahalliy davolash samaradorligini baholash //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – С. 259-263.
  5. Hikmatovich I. N., Xolmatovich J. A., Axtamovna A. F. Applications of Elidel for Lichen Plane //Texas Journal of Medical Science. – 2022. – Т. 8. – С. 113115.
  6. Islamov N. H., Jalilov A. X., Achilova F. A. Ijtimoiy-gigienik turshiy shartlarning o ‘quvchilar salomatligiga ta’siri //educational research in universal sciences. – 2023. – т. 2. – №. 14. – с. 314-318.
  7. Islamov N. H. et al. Principles of treatment of laryngotracheitis in children //Modern Scientific Research International Scientific Journal. – 2023. – Т. 1. – №. 7. – С. 136-142.
  8. Islamov N. H., Jalilov A. X., Achilova F. A. Development of papillomavirus infection in men //Modern Scientific Research International Scientific Journal. – 2023. – Т. 1. – №. 7. – С. 128-135.
  9. Hikmatovich I. N., Temirovich E. R., Muradovich Y. M. O‘smirlarda yuzaki pyodermani davolashda topikal terapiya //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – с. 355-358.
  10. Salamova L. A., Baratova M. R., Islamov N. H. Does bacterial vaginosis cause pelvic inflammatory disease? //Theoretical & Applied Science. – 2020. – Т. 91. – №. 11. – С. 250-254.
  11. Islamov N. H., Baratova M. R., Salamova L. A. Factors related to the efficiency of treatment by a doctor-dermatovenerologist and the recommended treatment of gonorrhea //ISJ Theoretical & Applied Science, 11 (91). – 2020. – С. 255-258.
  12. Salamova L. A., Baratova M. R., Islamov N. H. Вызывает ли бактериальный вагиноз воспалительное заболевание органов малого таза? //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 11. – С. 250-254.
  13. Baratova M. R., Salamova L. A., Islamov N. H. Эпидермальные паразитарные кожные заболевания как пренебрегаемая категория болезней, связанных с бедностью //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 11. – С. 259264.
  14. Baratova M. R., Salamova L. A., Islamov N. H. Epidermal parasitic skin diseases as a neglected category of diseases related to poverty //ISJ Theoretical & Applied Science, 11 (91). – 2020. – С. 259-264.
  15. Исламов Н. Х., Шадыев У. Х., Саламова Л. А. Применение «Бетаметазон-Дарница» в лечении микробной экземы //Тюменский медицинский журнал. – 2011. – №. 2. – С. 50-51.