OCIMUM BAZILICUM O‘SIMLIGI ENDOFIT ZAMBURUG‘IDAN AJRATIB OLINGAN SKIMMIANIN ALKALOIDINING KVANT-KIMYOVIY VA BIOLOGIK FAOLLIKLAR TAHLILI

Jalolov I. J., Dolimova U. A. & Dolimov X. X.


Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Ocimum Bazilicum o‘simligidan ajratilgan skimmianin alkaloidining (C₁₄H₁₃NO₄) kvant-kimyoviy xususiyatlari, maqsadli reseptorlar bilan bog‘lanish mexanizmlari va farmakokinetiK profili in silico usullar yordamida o‘rganildi. DFT/B3LYP/6-311G metodida molekulyar geometriya optimizatsiyasi natijasida furoksinolin halqasining planer tuzilmasi tasdiqlandi va HOMO-LUMO energetik tafovuti ΔE = 4.45 eV aniqlandi. Molekulyar doking tahlili AutoDock Vina dasturida amalga oshirilib, acetylcholinesterase (ΔG = −9.12 kcal/mol), MAO-B (ΔG = −8.54 kcal/mol) va COX-2 (ΔG = −7.83 kcal/mol) fermentlari bilan yuqori affinlik ko‘rsatdi. Skimmianin Lipinski qoidalariga to‘liq mos kelib, molekulyar og‘irlik 259.26 Da, LogP 1.84, TPSA 56.3 Ų qiymatlari bilan oral biologik mavjudlik uchun optimal xususiyatlarga ega. ADMET tahlili yuqori gastrointestinal so‘rilish (88.4%), qon-miya to‘sig‘idan o‘tish qobiliyati (BBB 0.74) va past toksikolik xavf (LD₅₀ 841 mg/kg)ni tasdiqladi. Natijalar skimmianinni neyrodegenerativ kasalliklar, xususan Alzgeymer va Parkinson kasalligi davolashda istiqbolli terapevtik agent sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi.


Adabiyotlar

  1. Becke A.D. Density-functional thermochemistry. III. The role of exact exchange // Journal of Chemical Physics. – 1993. – Vol. 98, No. 7. – P. 5648-5652.
  2. Frisch M.J., Trucks G.W., Schlegel H.B., et al. Gaussian 16, Revision C.01. – Wallingford CT: Gaussian, Inc., 2016.
  3. Trott O., Olson A.J. AutoDock Vina: Improving the speed and accuracy of docking with a new scoring function // Journal of Computational Chemistry. – 2010. – Vol. 31, No. 2. – P. 455-461.
  4. Daina A., Michielin O., Zoete V. SwissADME: a free web tool to evaluate pharmacokinetics, drug-likeness and medicinal chemistry // Scientific Reports. – 2017. – Vol. 7. – Art. 42717.
  5. Lipinski C.A., Lombardo F., Dominy B.W., Feeney P.J. Experimental and computational approaches to estimate solubility and permeability in drug discovery // Advanced Drug Delivery Reviews. – 1997. – Vol. 23, No. 1-3. – P. 3-25.
  6. Lu T., Chen F. Multiwfn: A multifunctional wavefunction analyzer // Journal of Computational Chemistry. – 2012. – Vol. 33, No. 5. – P. 580-592.
  7. Di Giovanni S., Borloz A., Urbain A., et al. In vitro screening of plant extracts for acetylcholinesterase inhibition // Journal of Medicinal Chemistry. – 2008. – Vol. 51. – P. 3563-3567.
  8. Mao X., Luo Y., Dai C., et al. Skimmianine inhibits MAO-B and shows neuroprotective activity in PD models // Phytomedicine. – 2021. – Vol. 81. – Art. 153425.
  9. Khan M.T., Orhan I., Senol F.S., et al. Cholinesterase inhibitory activities of some flavonoid derivatives and chosen xanthone and their molecular docking studies // Chemico-Biological Interactions. – 2009. – Vol. 181. – P. 383-389.
  10. Zhang P., Li W., Li L., et al. Computational insights into binding mechanism of inhibitors to AChE by molecular docking and dynamics simulation // Biomedicine & Pharmacotherapy. – 2020. – Vol. 134. – Art. 111165.