STIROL VA METAKRIL KISLOTA ASOSIDA SOPOLIMERLAR SINTEZI, FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI VA BIODIZEL YOQILG‘ISI UCHUN DEPRESSOR QO‘NDIRMA SIFATIDA TADQIQ ETISH

Saidov J. E. & Ixtiyarova G. A.


Annotatsiya

Ushbu maqolada stirol (ST) va metakril kislota (MAK) asosida radikallar sopolimerlanish usuli bilan olingan sopolimerlarning sintez sharoitlari, fizik-kimyoviy xossalari va biodizel yoqilg‘isi uchun depressor qo‘ndirma sifatidagi samaradorligi sistemali tarzda o‘rganilgan. Monomerlarning mol nisbati, harorat, initsiator konsentratsiyasi va reaksiya davomiyligining sopolimer unumi hamda molekulyar massasiga ta'siri aniqlangan. Infraqizil (IQ) va yadro magnit rezonans (YaMR) spektroskopiya usullari bilan sopolimer tuzilishi tasdiqlangan. Termogravimetrik tahlil (TGA) va polyarizatsion mikroskopiya yordamida depressor ta'sir mexanizmi ilmiy asoslangan. Sintez qilingan sopolimerning 0,25% li eritmasi biodizel yoqilg‘isining qotish haroratini 16°C, filtrlanish chegaraviy haroratini 19°C ga pasaytirganligi aniqlangan. Olingan natijalar O‘z DSt 989:2010 standartiga to‘liq javob beradi.


Adabiyotlar

  1. Hoekman S.K., Broch A., Robbins C. Review of biodiesel composition, properties and specifications. Renewable and Sustainable Energy Reviews, 2012, 16(1), 143–169.
  2. Pradana Y.S. et al. A Review of Biodiesel Cold Flow Properties and Its Improvement Methods. Energies, 2024, 17(18), 4543.
  3. Hazrat M.A., Rasul M.G., Khan M.M.K. A Mini Review on the Cold Flow Properties of Biodiesel. Frontiers in Energy Research, 2020, 8, 598651.
  4. Monirul I.M. et al. A comprehensive review on biodiesel cold flow properties. RSC Advances, 2015, 5(105), 86631–86655.
  5. Amran N.A., Bello U., Ruslan M.S.H. The role of antioxidants in improving biodiesel's oxidation stability and cold flow properties. Heliyon, 2022, 8(7), e09846.
  6. Zhang Y. et al. A Comprehensive Review of the Properties, Performance, Combustion, and Emissions of Biodiesel Engine. Processes, 2022, 10(6), 1178.
  7. Turobjonov S.M., Hamidov V.N. Dizel yoqilg‘ilari uchun qo‘ndirmalar kimyosi. Toshkent: Fan, 2018. 215 b.
  8. O‘z DSt 989:2010. Dizel yoqilg‘isi. Texnik talablar va sinov usullari. Toshkent: O‘zstandart, 2010.