SMART CHANNEL QURILMALARINI QIYOSLASH LABORATORIYASINING TUZILISHI VA METROLOGIK IMKONIYATLARI
Otaxonov M. Y., Azizov X. A., Arifjonov A. A., To‘laganov F. T. & Zokirov I. B.
Annotatsiya
Ushbu maqolada ochiq o‘zanlarda suv sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan “Smart Channel” qurilmalarini qiyoslash laboratoriyasining tuzilishi, ishlash tamoyili va metrologik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi suv resurslarini oqilona boshqarish, sug‘orish tizimlarida suv hisobini aniq yuritish hamda zamonaviy suv sarfini o‘lchash qurilmalarini ishonchli sinash, qiyoslash va kalibrlash zarurati bilan belgilanadi. Maqolada laboratoriya tarkibiga kiruvchi asosiy elementlar, jumladan zaxira suv rezervuari, nasos tizimi, naporli rezervuar, taqsimlash kanali, “Smart Channel” qurilmasini o‘rnatish joyi, elektromagnit etalon sarf o‘lchagich, hajmiy usulda suv sarfini aniqlash rezervuari va avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari tavsiflangan. Laboratoriyaning asosiy vazifasi “Smart Channel” qurilmalarining sezuvchanligi, minimal, o‘tish, nominal va maksimal sarflari, o‘lchash aniqligi, barqarorligi va kalibrlash imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqot natijasida mazkur laboratoriyaning “Smart Channel” qurilmalarini qiyoslash, validatsiya qilish va kalibrlash uchun zarur texnik hamda metodik imkoniyatlarga ega ekani asoslanadi. Laboratoriya ochiq o‘zanlarda qo‘llaniladigan suv sarfini o‘lchash qurilmalarini ilmiy asosda baholash uchun muhim ilmiy-amaliy baza bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Zhang, H., & Zhang, Y. (2021). "Integration of High-Precision Software in Water Flow Measurement Systems." Water Science and Technology, 84(1), 24-33. doi:10.2166/wst.2021.066
- Li, X., & Li, C. (2020). "Application of Internet of Things (IoT) for Real-Time Water Quality Monitoring in Irrigation Systems." Sensors, 20(12), 3434. doi:10.3390/s20123434
- Rakhimov Q., Allayorov D., and Ibragimova Z. Increasing flow turbidity in pressure systems. IOP Conference Series: Materials Science and Engineering, 869(7) (2020) doi: 10.1088/1757-899X/869/7/072029
- Kaletova, T., Arifjanov, A., Samiev, L., Babajanov, F. Journal of Water and Land Development, Рр. 21–26 (2022)
- Aybek Arifjanov and Alisher Fatxullaev. Natural Studies for Forming Stable Channel Sections. Journal of Physics: Conference Series.doi 10.1088/1742596/1425/1/012025
- Entrainment of E. coli and Listeria monocytogenes from sediment in irrigation canal. International Journal of Sediment Research vol. 37, issue 6, pp.701-714 (2022)
- Schleiss A J, Franca M J, Juez C and De Cesare G 2016 Journal of Hydraulic Research, 54(6), Рр 595-614
- Apakhodjaeva T., Khodjiev A., Abduraimova D., Xoshimov S. Choosing an optimal satellite data for irrigation systems analyses in Uzbekistan. National Online Conference on Sustainable management of environment & natural resource through innovation in science and technology, 2020. SMTST 2020