AMIN ABSORBSIYA ASOSIDA CO2 NI USHLAB QOLISH JARAYONINI BOSHQARISH

Maxmadaminov A. G. & Safarov Q. A.


Annotatsiya

Global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik va texnologik muammolardan biridir. Issiqxona gazlari, ayniqsa karbonat angidrid (CO2), atmosferada to‘planib, global haroratning ko‘tarilishiga, ekstremal iqlim hodisalari va ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda [1]. Kimyo va energetika tarmoqlari, xususan issiqlik elektrostansiyalari hamda sement zavodlari CO2 emissiyasining asosiy manbalari hisoblanadi. Hozirgi kunda amin asosida absorbsiyalash jarayoni CO2 emissiyasini kamaytirishda qo‘llaniladigan eng ilg‘or texnologiyalardan biri hisoblanadi [2]. Lekin ushbu texnologiyada energiya yo‘qotilishi nisbatan yuqoriligi sababli jarayonni optimal boshqarish orqali energiya iste’molini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Ushbu maqolada amin asosidagi CO2 ni ushlash tizimi uchun taklif etilgan yangi boshqarish tizimi konfiguratsiyasi keltirilgan. Tizim oltita boshqaruv konturidan tashkil topgan bo‘lib, kaskad boshqarish strategiyasi asosida tashkil etilgan. Asosiy boshqarish konturi tizimdan ushlanadigan CO2 darajasini rostlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, yordamchi boshqaruv konturi esa MEA (monoetanolamin) eritmasi va chiqayotgan CO2 oqimi o‘rtasidagi molyar nisbatni belgilangan qiymat asosida rostlaydi.


Adabiyotlar

  1. Yoro, K.O.; Daramola, M.O. CO2 Emission Sources, Greenhouse Gases, and the Global Warming Effect. In Advances in Carbon Capture; Woodhead Publishing: Sawston, UK, 2020.
  2. Turakulov, Z., Kamolov, A., Eshbobaev, J., Turakulov, A., Norkobilov, A., & Boboyorov, R. (2023). Modeling and Simulation of Chemical Absorption Methods for CO2 Separation from Cement Plant Flue Gases. Engineering Proceedings, 56(1), 142. https://doi.org/10.3390/ASEC2023-15352.
  3. Miroshnichenko, D., Shalygin, M., & Bazhenov, S. (2023). Simulation of the Membrane Process of CO2 Capture from Flue Gas via Commercial Membranes While Accounting for the Presence of Water Vapor. Membranes, 13(8), 692. doi:10.3390/membranes13080692