NO-TERMAL PLAZMA YORDAMIDA SARATON HUJAYRALARIDAGI PD-L1 OQSILINING OKSIDATIV MODIFIKATSIYASI: IMMUN NAZORAT NUQTASI OQSILLARI ORASIDAGI O‘ZARO TA’SIRNING BUZILISHI VA OQIBATLARI.

Toshpoʻlatova Z. ., Toshov H. . & Razzokov J. .


Annotatsiya

Mazkur tadqiqot no-termal plazma ta’sirida saraton hujayralari ishlab chiqaradigan PD-L1 oqsilining oksidativ modifikatsiyasi va uning immun nazorat nuqtasi mexanizmlariga ta’sirini molekulyar darajada tahlil qilishga bag‘ishlangan. No-termal plazma tomonidan hosil qilinadigan reaktiv kislorod va azot zarralari oqsillarning kimyoviy strukturasi va konformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatib, ularning biologik funksiyalarini o‘zgartirishi aniqlangan. PD-L1 oqsilining oksidlanishi natijasida uning PD-1 retseptori bilan bog‘lanish affiniteti pasayadi, bu esa T-limfotsitlar faolligining tiklanishiga olib keladi va saraton hujayrasi o‘limiga sabab bo‘ladi. Tadqiqot natijalari no-termal plazmaning immunoterapiya bilan kombinatsiyada qo‘llanishi saratonni davolashda istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi.


Adabiyotlar

  1. Han, Y., D. Liu, and L.J.A.j.o.c.r. Li, PD-1/PD-L1 pathway: current researches in cancer. 2020. 10(3): p. 727.
  2. Chen, L. and X.J.T.J.o.c.i. Han, Anti–PD-1/PD-L1 therapy of human cancer: past, present, and future. 2015. 125(9): p. 3384-3391.
  3. Topalian, S.L., C.G. Drake, and D.M.J.C.c. Pardoll, Immune checkpoint blockade: a common denominator approach to cancer therapy. 2015. 27(4): p. 450-461.
  4. Sunshine, J. and J.M.J.C.o.i.p. Taube, Pd-1/pd-l1 inhibitors. 2015. 23: p. 32-38.
  5. Sharma, P. and J.P.J.S. Allison, The future of immune checkpoint therapy. 2015. 348(6230): p. 56-61.
  6. Braný, D., et al., Cold atmospheric plasma: A powerful tool for modern medicine. 2020. 21(8): p. 2932.
  7. Graves, D.B.J.P.o.P., Low temperature plasma biomedicine: A tutorial review. 2014. 21(8).
  8. Keidar, M., et al., Cold atmospheric plasma in cancer therapy. 2013. 20(5).
  9. Bauer, G., et al., Cold atmospheric plasma and plasma-activated medium trigger RONS-based tumor cell apoptosis. 2019. 9(1): p. 14210.
  10. Utsumi, F., et al., Selective cytotoxicity of indirect nonequilibrium atmospheric pressure plasma against ovarian clear-cell carcinoma. 2014. 3(1): p. 398.
  11. van Gunsteren, W.F.J.C.O.i.S.B., Molecular dynamics studies of proteins. 1993. 3(2): p. 277-281.
  12. Zak, K.M., et al., Structure of the complex of human programmed death 1, PD-1, and its ligand PD-L1. 2015. 23(12): p. 2341-2348.