SANOAT KORXONALARI ELEKTR ENERGIYA ISTE’MOLI YUKLAMA GRAFIKLARINING O‘ZGARISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Kadirov K. S., To‘xtashev A. A., G‘afforov S. E. & Berdaliyev N. Y.


Annotatsiya

Ushbu maqolada sanoat korxonalarida elektr energiyasi iste’moli yuklama grafiklarining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar kompleks tahlil qilindi. Tadqiqotda texnologik, tashkiliy, iqtisodiy, mavsumiy-iqlim va inson omillarining yuklama grafiklariga ta’siri statistik va korrelyatsion-regressiya usullari asosida baholandi. Yuklama grafigining cho‘qqi qiymatini prognozlash uchun ko‘p faktorli matematik model ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, taklif etilgan yondashuv asosida energiya iste’molini 8–10% ga, cho‘qqi yuklamalarni esa 15–20% ga kamaytirish mumkin. Olingan natijalar sanoat korxonalarida energiya menejmenti tizimlarini takomillashtirish va energiya samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega..


Adabiyotlar

  1. ARSENTEV, V. V. ENERGETICHESKOE OBSLUZHIVANIE PROMYSHLENNYH PREDPRIYATIY [MATN] / V. V. ARSENTEV, A. P. LISITSYN. – MOSKVA: ENERGOATOMIZDAT, 2019. – 384 S.
  2. YO‘LDOSHEV, B. T. SANOAT KORXONALARIDA ENERGIYA RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH [O‘QUV QO‘LLANMA] / B. T. YO‘LDOSHEV. – TOSHKENT: FAN VA TEXNOLOGIYALAR, 2020. – 256 B.
  3. LISITSYN, A. P. ANALIZ I OPTIMIZATSIYA GRAFIKOV ELEKTRICHESKIH NAGRUZOK [MATN] / A. P. LISITSYN. – SANKT-PETERBURG: IZDATEL'STVO POLITEHNICHESKOGO UNIVERSITETA, 2018. – 198 S.
  4. EUROPEAN COMMISSION. ENERGY EFFICIENCY IN INDUSTRIAL PROCESSES: BEST AVAILABLE TECHNIQUES [TEXT]. – BRUSSELS: PUBLICATIONS OFFICE OF THE EUROPEAN UNION, 2021. – 342 P.
  5. RAHIMOV, SH. R. ENERGETIK MENEJMENT VA ENERGIYA AUDIT [MATN] / SH. R. RAHIMOV. – TOSHKENT: INNOVATSION RIVOJLANISH NASHRIYOTI, 2021. – 176 B
  6. IEA. ENERGY EFFICIENCY 2023: ANALYSIS AND OUTLOOK TO 2025 [TEXT] / INTERNATIONAL ENERGY AGENCY. – PARIS: IEA PUBLICATIONS, 2023. – 268 P.
  7. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "ENERGIYANI TEJASH TO‘G‘RISIDA"GI QONUNI. – TOSHKENT, 2019