XALQARO YUK TASHISH ZANJIRI TUSHUNCHASI VA UNING TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMIDAGI O‘RNI
Shuxratov T. B.
Annotatsiya
Ushbu maqolada xalqaro yuk tashish zanjiri tushunchasining nazariy va amaliy mohiyati hamda uning transport-logistika tizimidagi o‘rni tahlil etiladi. Globallashuv sharoitida tovar va xizmatlar harakatining geografik kengayishi xalqaro logistika jarayonlarini samarali tashkil etishni talab qilmoqda. Tadqiqotda xalqaro yuk tashish zanjirining asosiy elementlari — yuk jo‘natuvchi, transport vositalari, logistika operatorlari, bojxona organlari, infratuzilma obyektlari va axborot tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Multimodal va intermodal tashish tizimlarining afzalliklari, raqamlashtirish jarayonlari hamda “Just-in-Time” konsepsiyasi asosida zanjirni boshqarish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan.
Adabiyotlar
- D.A. Abdukarimov. Logistika asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
- Babayev N. Logistikaning funksional bo‘limlari mohiyati va mazmuni – JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM)/SJIF FACTOR:5.57,VOLUME 3, ISSUE 8 (January) ISSN: 2182-3000.
- O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti va xalqaro tranzit yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha rasmiy materiallar. – Toshkent. https://lex.uz/uz/docs.
- Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq; https://lex.uz/uz/docs.
- Avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilgʻor xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. https://lex.uz/uz/docs.
- J.B.Ergashev. Transport faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va transport xizmati sifati. 2024.
- “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida transport tizimini modernizatsiya qilish, tranzit salohiyatini oshirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalari. https://lex.uz/uz/docs.
- 6 ADB Avenue, Mandaluyong City 1550 Metro Manila. Philippines www.adb.org.
- Q.A. Isayev. Xalqaro transport koridorlari. Toshkent. “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” 2025.
- OECD (2021). Green Logistics: Improving the Environmental Sustainability of Logistics. Paris.