MUQADDAS DINIMIZ ISLOM — MA’NAVIYATIMIZNING AJRALMAS QISMI

Ergashev I. S.


Annotatsiya

Muqaddas dinimiz Islom ma’naviyatimizning ajralmas qismi sifatida, xalqimiz hayotida diniy ta’limotdan tashqari, inson ma’naviyati, axloqi va jamiyatning ma’naviy barqarorligini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada islom dini qadriyatlarining shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati, adolat va baynalmilallik printsiplari, madaniy-ma’rifiy sohalarga ta’siri hamda yangi O‘zbekistonda ma’naviy rivojlanishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot metodlari sifatida tarixiy tahlil, falsafiy-metodologik yondashuv, ma’naviy-etnik tahlil va empirik kuzatuv qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, islom dini nafaqat ma’naviy qadriyatlar, balki shaxs erkinligi, adolat, halollik va millatlararo totuvlik kabi ijtimoiy mezonlarni shakllantirishda ham muhim omildir. Shu bois, yangi O‘zbekiston sharoitida islomiy qadriyatlarni jamiyat taraqqiyotida oqilona tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.


Adabiyotlar

  1. Qur’oni Karim. Tafsirlar va sharhlar. Toshkent, 2005.
  2. Hadislar to‘plami. Sahih al-Buxori, Sahih Muslim. Toshkent, 2010.
  3. Ergashev I.S. Islom dini va ma’naviyat. Andijon: Andijon iqtisodiyot va pedagogika universiteti nashriyoti, 2021.
  4. Nasr S.H. Islam: Ma’naviyat va falsafa. New York: Oxford University Press, 1996.
  5. Allomalar va mutafakkirlar merosi. Abu Nasr Farobi, Al-G‘azzoliy, Ibn Sino. Toshkent, 2015.