4-BUTIL MORFOLINNI MONOXLORSIRKA KISLOTANING NONIL EFIRI BILAN TURLI ERITUVCHILAR MUHITIDAGI SINTEZLARI
Jumayev A. B. & Juraqulova N. X.
Annotatsiya
Maqolada morfolinni monoxlorsirka kislotasi bilan reaksiyasining muqobil sharoitlarini o‘rganish hamda ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashga bag‘ishlangan. Morfolin va monoxlorsirka efir kislotasi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir reaksiyasi, shuningdek turli erituvchilar (suv, etanol, DMF), ishqoriy muhit (NaOH, K₂CO₃) va fizik ta’sir omillari (harorat, mikroto‘lqinli nurlanish) sharoitida reaksiya jarayoni obyekt qilib olindi. Morfolinning monoxlorsirka kislotasi bilan reaksiyasining muqobil va energiya tejamkor sharoitlari kompleks ravishda o‘rganildi. Reaksiya uchun optimal sharoit (polyar aprotik erituvchi muhit, 80–90°C harorat va K₂CO₃ ishtiroki) aniqlanib, yuqori (94–96%) hosilga erishildi. Mikroto‘lqinli sintez usulida reaksiya vaqti keskin qisqartirilib, energiya sarfi kamaytirildi. Reaksiya kinetikasi o‘rganilib, aktivlanish energiyasi hisoblandi hamda jarayonning SN2 mexanizm asosida borishi tasdiqlandi.
Adabiyotlar
- Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-3983-son qaror, 25 oktyabr 2018 yil. – Toshkent. – Elektron resurs. – Kirish rejimi: https://lex.uz/docs/-4023829
- Arciola C.R. et al., International Journal of Antimicrobial Agents, 2012, 3–5-betlar.
- Beibei Zhu1*, Qi Zhang1,2, Suolian Shi2 Overview on the Synthesis of Morpholine and Its N-Alkyl Derivatives . http://www.hanspub.org/journal/hjce thttp://dx.doi.org/10.12677/hjcet. 2017.71005).
- Sawargave, S.P., Kudale, A.S., Deore, J.V., Bhosale, D.S., Divse, J.M., Chavan, S.P., and Borate, H.B., Tetrahedron Lett., 2011, vol. 52, p. 5491
- Khan, K.M., et al. (2009) Leishmanicidal Potential of N-Substituted Morpholine Derivatives: Synthesis and Structure-Activity Relmionships. Natural Product Research, 23, 479-484. https://doi.org/10.1080/14786410802090359.