PNEVMOMEXANIK YIGIRISH JARAYONINING NAZARIY ASOSLARI VA FIZIK-MEXANIK QONUNIYATLARI

Nurboyev R. X., Salimov S. H. & Nazarov R. A.


Annotatsiya

Mazkur maqolada pnevmomexanik yigirish jarayonining nazariy asoslari va fizik-mexanik qonuniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Pnevmo-mexanik yigirish tizimlarida tolalarning harakati, joylashishi va ip hosil bo‘lishi aerodinamik kuchlar, inertsiya ta’siri hamda buram hosil bo‘lish mexanizmi bilan belgilanadi. Maqolada havo oqimining tezlik maydoni, bosim taqsimoti va turbulent kinetik energiya tolalar joylashuviga qanday ta’sir ko‘rsatishi matematik modellar asosida o‘rganildi. Bundan tashqari, tolalar harakati Lagrange usuli asosida modellashtirilib, aerodinamik tortish kuchi va inertsiya ta’siri hisobga olindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yigirish zonasidagi turbulensiya intensivligi va bosim pulsatsiyasi tolalar joylashuvining barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Aerodinamik parametrlarni optimallashtirish orqali ip notekisligini kamaytirish, mustahkamlikni oshirish va tuklilik darajasini pasaytirish mumkinligi aniqlandi. Olingan natijalar pnevmo-mexanik yigirish jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq tushunish hamda ishlab chiqarishda yuqori sifatli ip olish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. G‘ofurov J.Q., Jumaniyazov Q.J., G‘ofurov J. “Pnеvmomеxanik yigirish kamеrasi diamеtrining ip strukturasi va xossalariga ta’siri”,Toʻqimachilik muammolari. -Toshkеnt, 2006 y., №3., 50 b.
  2. J.Q.Yuldashev “Pnevmomexanik yigiruv jarayonida raqobatbardosh ip olish uchun takomillashtirilgan samarali texnologiyani ishlab chiqish” dissertasiya Namangan-2023.
  3. . Q.G‘. G‘ofurov, S.L.Matismoilov, M.Sh.Xoliyarov. “Yigiruv korxonalari jixozlari”. Darslik. T.: Shark 2007 y -171 bеt.
  4. G‘ofurov Q.G‘., Matismailov S.L. “Xorijiy firmalarning yigirish tеxnologiyasi va jihozlari”. Toshkеnt, 2002
  5. Jumaniyazov Q.J., G‘ofurov J. “Pnеvmomеxanik yigirish kamеrasi diamеtrining ip strukturasi va xossalariga ta’siri”, Toʻqimachilik muammolari. Toshkеnt
  6. Zhang L. CFD modeling of pneumatic spinning systems. Applied Mathematical Modelling, 2019.
  7. Hearle J. Mechanics of Fibrous Structures. Textile Institute, 2000.
  8. Rieter Technical Documentation. Rotor spinning systems. 2022.
  9. Wu J. Turbulence analysis in pneumatic spinning chambers. Journal of Industrial Textiles, 2021.
  10. Guo Z. Fiber dynamics in airflow field. Physics of Fluids, 2020.