ATMOSFERA HAVOSIDAGI NAMLIGNI KONDENSATSIYA QILISH ORQALI SUV OLISH TEXNOLOGIYASINING IQLIMIY VA ENERGETIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Mardonov D. S. & Sayfullayev M. M.


Annotatsiya

Ushbu maqolada atmosfera havosidagi namlikni kondensatsiya qilish asosida suv olish texnologiyasining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi suv resurslari taqchilligi kuzatilayotgan hududlarda muqobil suv manbalarini izlash zarurati bilan izohlanadi. Ishda havodan suv ajratib olish jarayonining fizik mohiyati, bug‘-siqishli sovutish sikliga asoslangan atmosfera suv generatorlarining ishlash prinsipi hamda ularning energiya sarfi tahlil qilindi. Baholash jarayonida shudring nuqtasi, kondensatsiya sharoitlari, MHI indeksi va solishtirma energiya sarfi mezonlaridan foydalanildi. O‘zbekistonning turli iqlim hududlari misolida texnologiyaning mavsumiy samaradorligi qiyosiy o‘rganildi. Natijalar nisbiy namlik yuqori bo‘lgan va havo harorati shudring nuqtasiga yaqin sharoitlarda texnologiya samaradorligi ortishini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalari atmosfera suv generatorlarini suv tanqisligi mavjud hududlarda joriy etish uchun ilmiy-amaliy asos yaratadi [6-9, 17].


Adabiyotlar

  1. United Nations. Summary Progress Update 2021: SDG 6 - Water and Sanitation for All. New York, 2021.
  2. World Meteorological Organization. Statement on the State of the Global Climate in 2019. Geneva, 2020.
  3. World Resources Institute. Aqueduct Water Risk Atlas. Available online: https://www.wri.org/applications/aqueduct/water-risk-atlas/
  4. Alvez A., Aitken D., Rivera D., Vergara M., McIntyre N., Concha F. Water scarcity in Chilean mining zones and desalination policy options. Journal of Environmental Management, 2020, Vol. 258, 110039.
  5. Zhou Y., Tol R. Evaluating the costs of desalination and water transport. Water Resources Research, 2005, Vol. 41, W03003.
  6. Keewan I., Al-Nimr M., Khashan S., Keewan A. Integrated solar atmospheric water harvesting system using CPV/T-Stirling engine-absorption cooling cycle and vapor compression cycle. International Journal of Energy Research, 2021, Vol. 45, pp. 16400-16417.
  7. Raveesh G., Goyal R., Tyagi S. Advances in atmospheric water generation technologies. Energy Conversion and Management, 2021, Vol. 239, 114226.