DIFFUZIYA HODISASINI MOLEKULYAR-KINETIK NAZARIYA ASOSIDA TUSHUNTIRISH
Razzokova M. B. & Boboqulova D. X.
Annotatsiya
Mazkur maqolada diffuziya hodisasining fizik mohiyati hamda uning molekulyar-kinetik nazariya asosida tushuntirilishi tahlil qilinadi. Diffuziya jarayoni modda molekulalarining tartibsiz issiqlik harakati natijasida bir moddaning molekulalari boshqa modda molekulalari orasiga kirib borishi va o‘z-o‘zidan aralashishi jarayoni sifatida izohlanadi. Maqolada diffuziya hodisasining gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda namoyon bo‘lish xususiyatlari, diffuziya tezligiga ta’sir qiluvchi omillar hamda uning molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari bilan bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, diffuziya jarayonini matematik ifodalovchi Fik qonuni ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari diffuziya hodisasi moddaning molekulyar tuzilishini tasdiqlovchi muhim tajribaviy dalillardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Qosimov X., Jo‘raqulov A., Safarov A. Fizika kursi (1-qism). Toshkent: O‘zbekiston, 1994.
- G‘aniyev A.G., Avliyoqulov A.K., Alimardonova H.A. Fizika (1-qism). Toshkent: O‘qituvchi, 2006.
- O‘lmasova M.X., Kamolov J., Lutfullayeva T. Fizika. Mexanika, molekulyar fizika va issiqlik. Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
- Azimov Sh. Fizika. Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun qo‘llanma. Buxoro, 2024.
- Razzokova M. B. Metaphors as Linguistic Means of Expressing the Inner World of the Characters in “The Yellow Wallpaper” by Charlotte Perkins Gilman // The American Journal of Social Science and Education Innovations. – 2020. – Vol. 2, Issue 11. – P. 287–291.
- Razzokova Mohinur Baxodir qizi, Hamroyev Qosim Yog‘murovich. Gravitatsiyaning fundamental qonun sifatidagi ahamiyati // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. – 2025. – № 3.