SINTETIK GTL VA GAZOYL YOQILG`ILARINING TOR FRAKSIYALANGAN UGLEVODOROD KOMPONENTLARINI KOMPAUNDLASH ASOSIDA QUYI HARORATLI XOSSALARI YAXSHILANGAN DIZEL YOQILG‘ILARINI OLISH

Ro`ziyev A. T., Hayitov R. R. & Mavlonov S. B.


Annotatsiya

Ushbu maqolada sintetik GTL yoqilg‘isi, an’anaviy gazoyl va dizel fraksiyalarini turli nisbatlarda kompaundlash orqali quyi harorat xossalari yaxshilangan dizel yoqilg‘isini olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 10–22% GTL + gazoyl aralashmalarida zichlik 813.7 kg/m³, setan soni 62 gacha, loyqalanish harorati –28…–32 °C ga pasayishi aniqlandi. 25–30% GTL + dizel aralashmalarida esa zichlik 816.0–816.4 kg/m³, setan soni 58–59, kinematik qovushqoqlik 4.0–4.2 mm²/s, oltingugurt miqdori 0.062–0.07% ni tashkil etdi. Fraksion tarkib bo‘yicha 50% haydalish harorati 239–278 °C, qaynash oxiri 311–385 °C oralig‘ida kuzatildi. Kompaundlash natijasida qo‘shimcha depressor-dispersant prisadkalarsiz ham filtrlanuvchanlik chegaraviy harorati –19…–28 °C gacha yaxshilangani aniqlandi. Olingan natijalar GTL komponentidan foydalanish dizel yoqilg‘isining ekologik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshilashiga olib kelgan.


Adabiyotlar

  1. Speight J.G. The Chemistry and Technology of Petroleum. 5th ed. CRC Press, 2014.
  2. Gary J.H., Handwerk G.E., Kaiser M.J. Petroleum Refining: Technology and Economics. 5th ed. CRC Press, 2007.
  3. Owen K., Coley T. Automotive Fuels Reference Book. 2nd ed. SAE International, 1995.
  4. Heywood J.B. Internal Combustion Engine Fundamentals. McGraw-Hill, 2018.
  5. Paso K., et al. Influence of cold flow improvers on diesel fuel properties. Fuel, 2009, Vol. 88, pp. 2295–2302.
  6. Knothe G., Van Gerpen J., Krahl J. The Biodiesel Handbook. AOCS Press, 2015.
  7. Dry M.E. The Fischer–Tropsch process: 1950–2000. Catalysis Today, 2002, Vol. 71, pp. 227–241.
  8. Alleman T.L., et al. Impacts of GTL diesel fuels on exhaust emissions. Energy & Fuels, 2004, Vol. 18, pp. 1201–1207.
  9. Parkash S. Refining Processes Handbook. Gulf Professional Publishing, 2003.