AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM DASTURLARINING TA’SIRI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI.
Diyarova S. R.
Annotatsiya
Mazkur maqolada ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda ta’lim dasturlarining o‘rni va ta’siri O‘zbekiston tajribasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashga qaratilgan o‘quv dasturlarining samaradorligini aniqlash hamda ularning iqtisodiy faollikka ta’sirini baholashdan iborat. Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim tashabbuslari, xususan, “Ayol by CAU” o‘quv dasturi misolida amaliy tajriba yoritilgan. Mazkur dastur ayollar uchun qisqa muddatli, amaliy va mentorlikka asoslangan ta’lim modeli orqali ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Dastur doirasida ishtirokchilar biznes g‘oyalarni ishlab chiqish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va real loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bunday ta’lim dasturlari ayollarning iqtisodiy mustaqilligini oshirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etishda muhim vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, maqolada ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
- Bloom B. Taxonomy of Educational Objectives. – 1956; Khutorskoy A.V. Kompetensiyaviy yondashuv.
- Knowles M. The Adult Learner. – 1984.
- Bertalanffy L. General System Theory. – 1968.
- World Bank. Women’s Economic Empowerment Report. – 2022.
- World Bank. Gender Data Portal: Uzbekistan – Female labor force participation rate.
- O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Bandlik va tadbirkorlik bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar. – https://stat.uz
- World Bank. Women’s Economic Empowerment and Entrepreneurship Reports.
- International Labour Organization (ILO). Women and Employment Trends Reports.
- O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Bandlik va tadbirkorlik bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar. – https://stat.uz
- World Bank. Women’s Economic Empowerment and Entrepreneurship Reports.
- Gov.uz: Ayollar daftari