MARKAZIY QIZILQUM FOSFORITLARIDAN OLINGAN EKSTRAKSION FOSFOR KISLOTASINING STRUKTURAVIY TUZULISHI VA XOSSALARINI KOMPLEKS TAHLIL QILISH
Shermatova D. N., Nurmurodov T. I., Axtamova M. Z. & Raxmonova K. S.
Annotatsiya
Ushbu maqolada ekstraksion fosfor kislotasining (EFK) mikrostrukturasi, element tarkibi hamda asosiy fizik-kimyoviy xossalari kompleks yondashuv asosida o‘rganildi. Namunaning morfologik xususiyatlari skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) yordamida tahlil qilindi, element tarkibi esa energiya-dispersiv rentgen spektroskopiyasi (EDS) orqali aniqlandi. SEM tasvirlari namunada ignasimon kristall tuzilmalar va notekis donador agregatlardan iborat geterogen sistema mavjudligini ko‘rsatdi. Shu bilan bir qatorda EFK ning zichligi, konsentratsiyasi, qovushqoqligi va elektr o‘tkazuvchanligi tajriba yo‘li bilan aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eritma konsentratsiyasining ortishi bilan zichlik va qovushqoqlik oshadi, elektr o‘tkazuvchanlik esa ma’lum diapazongacha ortib, keyinchalik ionlar harakatchanligining pasayishi hisobiga kamayishi mumkin.
Adabiyotlar
- Xodjamqulov S.Z, Hamidov.A.P, Tursunov S.A. Mahalliy fosforitlar asosida olingan ekstraktsion fosfat kislotasini bug‘latish yo‘li orqali konsentrlash. Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology // Vol. 7, Issue 10, October 2020 [ISSN: 2350-0328].
- Rahimova V.K. Suyuqliklar qovushqoqlik koeffitsientini kapillar VPJ-2 viskozimеtri yordamida aniqlash. Journal of new century innovations. Volume–78. Issue-4 June-2025.
- Baxriddinov N. S, Mamadjanov Z.N, Mamadaliyev A.A. Kaliy polifosfatlarni kalsiy tarkibli minerallar yordamida neytrallash mahsulotlari. "Ekonomika i sotsium" №6 (133)-2 2025. www.iupr.ru
- Baxriddinov, N. S. Chiqindidan foydalanib magniy va sulfat ionli oddiy superfosfat olish texnologiyasi. Principal issues of scientific research and Modern education, 1(8) (2022).
- Shermatova D.N., Nuriddinova Z.A. Povishenie konsentrasii ekstraksionnoy fosfornoy kisloti iz Tsentralnix Kizilkumskix fosforitov pri ix kislotnoy pererabotke. International Scientific practical journal. ISSN-3007 8946.Almaty Kazakhstan. March 15.2026
- Bekhzod Karshiev, Atanazar Seytnazarov, Umarbek Alimov, Shafoat Namazov, Akhmed Reymov, A’zamjon Rasulov. Purification of wet process phosphoric acid by desulfurization and ammonization. ISSN 0321-4095, Voprosy khimii i khimicheskoi tekhnologii, 2021, No. 1, pp. 24-34. DOI: 10.32434/0321-4095-2021-134-1-24-34
- Kazakhbaev, S., Kurbiyazov, D., Erkaev A.U., Reimov, A., & Allamuratova, A. (2024). Improving technology for producing complex fertilizer from low-grade phosphorites of the Central Kyzylkum. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 4(4), 212–221.
- Nurmurodov T.I., Akhtamova M.Z., Karimov O.A., Umarov S.S. Full Describing Of Microstructural Analysis of Low Grade Central Kyzylkum Phosphorites. Solid State technology. USA. Vol. 63 No. 5 (2020) 10457 – 10461 pages. http://solidstatetechnology.us/index.php/JSST/article/view/9252
- Adnan, M., Fahad, S., Saleem, M. H., Ali, B., Mussart, M., Ullah, R., et al. (2022). Comparative efficacy of phosphorus supplements with phosphate solubilizing bacteria for optimizing wheat yield in calcareous soils. Scientific Reports, 12, 11997.
- 10. Akhtamova M., Temirov U, Khurramov N, Shukurov A., Karshiev B. Processing of phosphorites and additives with researching their thermodynamical properties// E3S Web of Conferences, 434, 03016 ICECAE 2023. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202343403016
- Tleuova, S., Turishbekov, Z., Pazylova, D., & Tileuberdi, A. (2025). Modern approaches to the enrichment and engineering processing of poor phosphate ores. The Open Chemical Engineering Journal, 19(1). https://doi.org/10.2174/0118741231400241250702101849