AGARICUS BERNARDII QO‘ZIQORINI TARKIBIDAGI IKKILAMCHI METOBOLITLARNING MASS-XROMOTOGRAFIK TAHLILI
Meyliyeva M. T. & Kamolov L. S.
Annotatsiya
So‘ngi yillarda makromitsetlar, xususan Agaricus turkumiga mansub zamburug‘lar o‘zlarining boy farmokologik potensiali va noyob ikkilamchi metabolitlar sintez qilish bilan ilmiy hamjamiyat e’tiborini tortmoqda. Ushbu tadqiqotda biz Agaricus bernardii qo‘ziqorinidan ajratib olingan biologik faol birikmalarni identifikatsiya qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Tadqiqot davomida qo‘ziqorinning spirtli ekstrakti adsorbsion ustunli xromatografiya usuli yordamida fraksiyalarga ajratildi. Geksan:xloroform (40:1,v/v) tizimi elyuent sifatida qo‘llanilganda ajralib chiqqan maqsadli frksiyalar GC-MS (gaz xromatografiyasi-mass-spektrometriya) usuli yordamida tahlil qilindi. Tahlil natijalari ushbu fraksiya tarkibida yuqori konsentratsiyali yog‘ kislotalarining hosilalari mavjudligini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar Agaricus bernardii qo‘ziqorin ekstraktini selektiv fraksiyalash orqali farmatsevtika va biotexnologiya uchun muhim bo‘lgan noyob lipid metabolitlarini ajratib olish imkoniyatini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar
- Jayachandran, M.,et al. (2022). A critical review on health-promoting benefits of edible mushrooms. Journal of Food Biochemistry 46 (1), e13444
- Sande,D.,et al. (2023). Bioactive compounds and helth benefits of Agaricus mushrooms:Areview. Food Research International, 168, 112705
- Bengu, A.S.(2021). Investigation of fatty acid compositions and some mineral contents of wild edible mushrooms. Progress in Nutrition, 23(1).
- Radovic, J., et al. (2024). Advanced GC-MS techniques for lipodomics in fungal research. Journal of Chromatography b, 1230,123890
- Iminova, M.M. (2021). The genus Agaricus in the flora of Uzbekistan. Uzbekistan Biology Journal, 4,28-34.
- Mustafayev ,S. M., Khalilov,I.M (2023). Chemikal composition of lipophilis fractions of some wild macromycetes. Uzbek Chemical journal, 2, 18-25.