MODDANİNG MOLEKULYAR TUZİLİSHİ HAQİDAGİ TASAVVURLAR RİVOJİ
Razzokova M. B. & Abdullayeva G. U.
Annotatsiya
Mazkur maqolada moddaning ichki tuzilishi haqidagi ilmiy qarashlarning tarixiy shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Qadimgi yunon mutafakkirlari Fales, Anaksimen, Geraklit, Empedokl hamda Demokrit va Levkip tomonidan ilgari surilgan atomistik g‘oyalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, moddaning molekulalardan tashkil topganligi, zarrachalarning doimiy harakatda bo‘lishi hamda ularning o‘zaro ta’sirlashuvi haqidagi ilmiy qarashlarning rivojlanishi tahlil qilinadi. Maqolada molekulyar-kinetik nazariyaning shakllanishi, zarrachalarning tartibsiz harakati, Broun harakati va diffuziya hodisalari orqali moddaning molekulyar tuzilishini tushuntirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, moddaning molekulyar tuzilishi haqidagi ilmiy tasavvurlar insoniyat tafakkurining rivojlanishida muhim bosqichlardan biri ekanligi ko‘rsatib beriladi hamda bu bilimlar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslanadi.
Adabiyotlar
- Mo‘minov T.M., Xolmurodov E. Molekulyar fizika va termodinamika. – Toshkent: Universitet, 2005.
- Avliyoqulov N.X. Umumiy fizika kursi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.
- Jo‘rayev M.D. Fizika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.
- Aminov, A. A., & Razzokova, M. B. (2025). Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini oshirishda inklyuziv ta’limdan foydalanish. Pedagogik mahorat, 2025, №2, 124–128.
- Razzokova, M. B. (2025). Fizika ta’limini takomillashtirish: an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning uyg‘unligi. Pedagogik akmeologiya, 4(21), 84–87.
- Ziyonet ta’lim portali. Fizika fanidan elektron darsliklar.