MUQOBIL ENERGIYADAN FOYDALANISH HAMDA ENERGIYA TEJAMKORLIGIGA ERISHISHDA “PLUS PROMOTION” MCHJ KORXONASINING TEXNOLOGIK VA ISHLAB CHIQARISH TAVSIFI
Xushiyev S. M., Mammadiyev X. N. & Qarshiyev H. B.
Annotatsiya
PLUS PROMOTION” MChJ — Toshkent shahri Yangi hayot tumanida joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish sohasidagi o‘rta kichik korxonaning texnologik va ishlab chiqarish xususiyatlari muqobil energiyadan foydalanish hamda energiya tejamkorligini oshirish maqsadida energiya auditini o‘tkazishning asosiy tayyorgarlik bosqichi sifatida batafsil tahlil qilinadi. Xalqaro standartlar (ASHRAE Level II Energy Audit va ISO 50001:2018) talablariga muvofiq asosiy texnologik jarayonlar, elektr energiyasi iste’mol qiluvchi qurilmalar tarkibi, 2023–2025 yillardagi elektr va issiqlik energiyasi sarfi dinamikasi hamda oylik taqsimoti o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bor tegirmonlari elektr energiyasi iste’molining 28,3 % ini tashkil etadi, solishtirma energiya sarfi 1,0050 TShYo/t ga yetib, sanoat o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan 13,6–48,7 % ga yuqori ekanligi aniqlangan. Isitish va konditsionerlash tizimlari tufayli mavsumiy farqlar 30,5 % gacha yetishi ko‘rsatilgan. Natijalar korxonada energiya tejashning katta zahiralari mavjudligini va muqobil energiya texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlarini asoslab beradi.
Adabiyotlar
- Energy Efficiency Policy Toolkit 2025 (IEA, 2025) https://www.iea.org/reports/energy-efficiency-policy-toolkit-2025/industry
- Patterson, M.K. et al. The Current State of the Industrial Energy Assessment and its Impact on the Manufacturing Industry. Energy Reports, 2022. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2352484722010885
- Levihn F., Gruber E. (2014). Energy audit — an effective tool for energy management in industrial SMEs. ECEEE Industrial Summer Study Proceedings. pp. 201–210. (Top-1000 adabiyot, Q2 jurnal)
- Peng J., Lu L., Yang H. (2021). An overview on the application of faults detection and diagnosis in industrial energy systems. Energy Conversion and Management, vol. 241, 114263. (Q1 jurnal — Elsevier, IF: 9.9)
- Meschede H. (2020). Green Factory Planning — Methoden und Konzepte zur Planung einer umweltgerechten Fabrik. Springer Vieweg. (Top-1000 monografiya)
- International Energy Agency — IEA. (2023). Energy Efficiency 2023. IEA Publications, Paris. (Xalqaro rasmiy tahliliy hisobot)
- De Kleijn S., Doelman A., Hasenöhrl U. (2017). Specific energy consumption benchmarking in the European chemical industry. Journal of Cleaner Production, 162, 743–752. (Q1 jurnal — IF: 11.1)
- Thollander P., Ottosson M. (2010). An energy efficient Swedish pulp and paper mill: the impact on production processes and financial performance. Applied Energy, 87(3), 974–981. (Q1 jurnal — IF: 11.2)