ORTO-TOLUIDIN ASOSIDA AMINONITRIL HOSILALARINING SOLVENTSIZ SHAROITDA SINTEZI VA FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINING TADQIQI.

Xamrayeva K. B., Nematova F. O., Po‘latov E. T. & Kodirov A. A.


Annotatsiya

Ushbu tadqiqot ishida orto-toluidin va benzaldegid asosida α-aminonitril hosilalarini sintez qilish jarayoni o‘rganildi. Reaksiya solventsiz sharoitda, bosqichma bosqich kondensatsiya va nukleofil qo‘shilish mexanizmi orqali amalga oshirildi. Dastlab aromatik amin va aldegid o‘zaro tasirlashib Shiff asosini hosil qilishi, keyinchalik esa sianid ioni qo‘shilishi natijasida maqsadli aminonitril birikmalar hosil bo‘lishi aniqlanadi. Reaksiya sharoitlari (harorat, pH muhit va vaqt) optimallashtirilib, mahsulot 63% unim bilan olindi. Shuningdek, moddaning suyuqlanish temperaturasi aniqlanib, uning individual xossaga ega ekanligini ko‘rsatdi. Infraqizil spektraskopik tahlil natijalari asosida birikma tarkibida xarakterli funksional guruhlarning mavjudligi tasdiqlandi. Olingan natijalar ushbu usul aminonitril hosilalarini olishda samarali va qulay metod ekanligini ko‘rsatadi.


Adabiyotlar

  1. March J. Advanced Organic Chemistry: Reactions, Mechanisms, and Structure. – New York: Wiley, 2013.
  2. Smith M. B. Organic Chemistry. – New York: McGraw-Hill Education, 2016.
  3. Clayden J., Greeves N., Warren S. Organic Chemistry. – Oxford: Oxford University Press, 2012.
  4. Strecker A. Ueber die künstliche Bildung der Milchsäure und einen neuen, dem Glycocoll homologen Körper. – Annalen der Chemie, 1850.
  5. Coates J. Interpretation of Infrared Spectra, A Practical Approach. – Wiley, 2000.
  6. Pavia D. L., Lampman G. M., Kriz G. S. Introduction to Spectroscopy. – Cengage Learning, 2015.
  7. Silverstein R. M., Webster F. X., Kiemle D. J. Spectrometric Identification of Organic Compounds. – Wiley, 2014.
  8. Smith J. G. Organic Chemistry. – McGraw-Hill, 2017.
  9. Carey F. A., Sundberg R. J. Advanced Organic Chemistry. – Springer, 2007.
  10. Li C. J. Green Chemistry: Solvent-Free Organic Synthesis. – Chemical Reviews, 2005.
  11. Tanaka K. Solvent-Free Organic Synthesis. – Wiley-VCH, 2003.
  12. Kumar A., Sharma S. Recent Advances in Strecker Reaction and Aminonitrile Synthesis. – Journal of Chemical Sciences, 2018.