ISSIQLIKKA CHIDAMLI QATLAMLI VARIATROP TEMIRBETON BUYUMLARNING AFZALLIKLARI
Yunusaliev E. M. & Otaqulov B. A.
Annotatsiya
Ushbu maqolada issiqlikka chidamli qatlamli variatrop temirbeton buyumlarning konstruktiv, termik va ekspluatatsion afzalliklari tahlil qilingan. Beton va temirbeton konstruksiyalarining past issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning yong‘inga yuqori darajada bardoshli bo‘lishini ta’minlaydi. Maqolada betonning mineral tarkibi, mikrostrukturasi hamda yuqori harorat ta’siridagi xolati o‘rganilgan. Shuningdek, variatrop (qatlamli) temirbeton tushunchasi va uning afzalliklari, yong‘inga chidamlilikni baholash usullari va qatlamlar bo‘yicha xossalarni optimallashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari konstruksiyalarning xavfsizligini oshirish va ularning xizmat muddatini uzaytirish imkonini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Neville A.M. Properties of Concrete. Pearson, 2011.
- Mehta P.K., Monteiro P.J.M. Concrete: Microstructure, Properties, and Materials. McGraw-Hill, 2014.
- Bazhenov Y.M. Construction Materials Science. Moscow, 2006.
- Kodur V. Fire resistance of concrete structures. Engineering Structures, 2014.
- Sikora P. et al. Thermal properties of cement composites. Construction and Building Materials, 2019.
- Davidovits J. Geopolymer Chemistry and Applications. 2015.