GTL SINTETIK SUYUQ YOQILG‘ILARNI TASHISH VA SAQLASH JARAYONLARIDA YO‘QOTILISHLARNI ANIQLASH UCHUN ULARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI TADQIQI
Qobilov A. B. & Tilloyev L. I.
Annotatsiya
Mazkur maqolada GTL (Gas-to-Liquids) sintetik suyuq yoqilg‘ilarining fizik-kimyoviy xossalari va ularning tashish hamda saqlash jarayonlarida yuzaga keladigan yo‘qotilishlarga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda Fischer–Tropsch sintezi asosida olingan GTL yoqilg‘ilari ob’ekt sifatida tanlanib, ularning zichlik, qovushqoqlik, qaynash harorati va bug‘ bosimi kabi asosiy ko‘rsatkichlari ASTM standartlari asosida aniqlangan. Yoqilg‘i yo‘qotilishlari laboratoriya sharoitida modellashtirilib, harorat, vaqt va saqlash tizimi turining ta’siri gravimetrik usul yordamida baholangan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, harorat oshishi bilan bug‘lanish yo‘qotilishlari keskin ortadi, vaqt omili esa yo‘qotilish jarayonini kuchaytiradi. Shuningdek, ochiq tizimlarda yo‘qotilishlar yarim yopiq tizimlarga nisbatan ancha yuqori ekanligi aniqlangan. Tadqiqot natijasida GTL yoqilg‘ilarining fizik-kimyoviy xossalari yo‘qotilish mexanizmlarini belgilovchi asosiy omillar ekanligi asoslab berilgan hamda yoqilg‘ini tashish va saqlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Adabiyotlar
- Aloydinov, S. J. O. G. L., & Tilloyev, L. I. (2020). KICHIK ISHLAB CHIQARISH HAJMIDAGI GTL TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASHNING AFZALLIKLARI. Science and Education, 1(9), 185-192.
- TILLOYEV, L., & BOBOQULOV, F. MASH'ALA QILIB YOQILGAN GAZLAR HAJMI BO ‘YICHA DAVLATLARNING STATISTIK KO ‘RSATKICHLARI. IPAKYO ‘LI” nashriyoti КОНФЕРЕНЦИЯ: NEFT VA GAZ SANOATINING DOLZARB MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI Buxoro, 15–16 октября 2024 года Организаторы: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
- Ismael, M. A., et al. (2024). Gas-to-liquid (GTL) fuel characteristics and performance.
- DieselNet. (n.d.). Synthetic diesel fuel properties. https://dieselnet.com/tech/fuel_synthetic.php
- ScienceDirect. (n.d.). Fischer–Tropsch diesel fuels – Properties and emissions. https://www.sciencedirect.com
- ScienceDirect. (n.d.). Fischer–Tropsch diesel overview. https://www.sciencedirect.com/topics/engineering/fischer-tropsch-diesel
- IEA-AMF. (n.d.). Paraffinic fuel properties. https://www.iea-amf.org/content/fuel_information/paraffins/fuel_properties
- GTL fuel composition studies. (2003). WO2003004588A2 patent. https://patents.google.com/patent/WO2003004588A2
- Shell. (n.d.). Gas-to-liquids fuel characteristics. https://www.shell.com