MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA OLINGAN MOYLI EMULSIYA RENTGENOGRAMMASI.
Rejabboyev Q. A., Doliyev G. A., Abdulhayev A. B. & Nodirov A. A.
Annotatsiya
Mahalliy xomashyolar asosida tayyorlangan moyli emulsiyaning rentgenogramma tahlili ushbu tizimning ichki tuzilishi va fazaviy tarkibini aniqlashda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Tadqiqot jarayonida emulsiyaning kristall va amorf sohalari rentgen difraksiyasi usuli yordamida o‘rganildi. Natijalar emulsiyada mavjud bo‘lgan komponentlarning o‘zaro ta’siri, zarrachalar o‘lchami hamda ularning fazoviy joylashuvi haqida aniq ma’lumotlar berdi. Mahalliy xomashyolardan olingan moyli fazaning strukturaviy xususiyatlari dispers muhit bilan uyg‘unlashib, barqaror kolloid tizim hosil qilishi kuzatildi. Rentgenogrammada aniqlangan diffuz maksimumlar emulsiyaning asosan amorf tabiatga ega ekanligini ko‘rsatdi, bu esa uning yuqori dispersligi va barqarorligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, ayrim keskin cho‘qqilar kristall komponentlarning mavjudligini bildiradi. Tadqiqot natijalari mahalliy xomashyolar asosida olingan emulsiyalarning sanoat va farmatsevtika sohalarida qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu ilmiy yondashuv orqali emulsiya tizimlarini optimallashtirish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini chuqurroq tushunish va sifatini oshirish mumkinligi asoslab berildi.
Adabiyotlar
- Chernov V.P., Larin Yu.I., Dolmatov A.P. i dr. Issledovaniya novыx emulsolov dlya vыsokoskorostnoy prokatki uglerodistoy stali // Trudы VI kongressa prokatchikov. T. 1 (Lipesk, 18-21 oktyabrya 2005 g.). M.: AO Chermetinformatsiya, 2005. S. 158-160.
- Pavlova S.A., Juravleva I.V., Tolchinskiy Yu.I. Termicheskiy analiz organicheskix i vыsokomolekulyarnыx soyedineniy. M.: Ximiya, 2005. S 120.
- Chertavskix A.K., Belosevich V.K. Treniye i texnologicheskaya smazka pri obrabotke metallov davleniyem. M.: Metallurgiya, 2012.S. 364,
- Gʻ. Doliyev, A. Abduxayev S. Mamajanov, O.Abdullayev, T.Sarimsakov // Grease composite extraction technology for stretching steel wire from local ra
- A.Abdulxayev,S.Mamajonov,Maxmudova ,A.Nodirov Surkov kompozit mahsulotlarini ishlab chiqarishning texnologik usullari. Innovations in technology and science education ISSN 2181-371X 132-137 bet