AMIR TЕMUR SALTANATIGA OID MANBALARDA QOZILIKLAR HAQIDAGI MA’LUMOTLAR
Uljayeva S. M. & Tosheva G. S.
Annotatsiya
Ushbu maqolada tarixiy manbalar asosida Amir Temur va Temuriylar saltanatidagi qozilik tizimi tahlil qilingan. Xususan, ispan elchisi Klavixo kundaligida keltirilgan maʼlumotlar orqali qozilarning davlat boshqaruvidagi o‘rni, vazifalari va faoliyati yoritilgan. Qozilar nafaqat sud ishlarini yuritgan, balki maʼmuriy boshqaruv, elchilik va siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etgan. Ular aholi shikoyatlarini ko‘rib chiqqan, hujjatlarni rasmiylashtirgan va qarorlarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa manbalar asosida ayrim mashhur qozilar faoliyati haqida maʼlumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari qozilik instituti Temuriylar davlatchiligida adolatni taʼminlash va boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Klavixo Samarqandga-Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar). Toshkent: O‘zbekiston, 2010. -B. 204.
- Klavixo...-B. 204-205.
- Klavixo...-B. 205.
- Amir Temur Ko‘ragon. Temur qissasi. Toshkent, Fan, 2004. -B. 179.
- Abdurrazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn / Fors-tojik tilidan tarjima, kirish so‘z va izohli, lug‘atlar A. O‘rinboyevniki. 2-jildli. - Toshkent: Fan, 1969.-B. 75.
- Abdurrazzoq Samarqandiy... -B. 90.
- Ko‘rsatilgan asar...- B. 184.
- Abdurrazzoq Samarqandiy... -B. 176
- Abdurrazzoq Samarqandiy... -B. 235.
- Abdurrazzoq Samarqandiy... -B. 436.
- Abdurrazzoq Samarqandiy... -B.11.
- Boburnoma. Toshkent, 1993. -B.17.