MA’LUMOT MARKAZLARIDA HAVO OQIMINI CFD ASOSIDA MODELLASHTIRISH VA EKSPERIMENTAL TASDIQLASH
Alimova N. B. & Haydarova L. H.
Annotatsiya
Zamonaviy ma’lumot markazlarida elektr energiyasining sezilarli qismi sovitish infratuzilmasiga sarflanadi. Ushbu maqolada ma’lumot markazidagi havo oqimi va issiqlik taqsimoti hisoblash suyuqliklar dinamikasi (CFD) asosida modellashtirildi hamda eksperimental ma’lumotlar bilan tekshirildi. Matematik model uzluksizlik tenglamasi, Navier-Stokes tenglamalari va energiya saqlanish qonuniga tayandi, turbulent oqimni ifodalash uchun RANS asosidagi k-ε modeli qo‘llandi. Hisoblashlar cheklangan hajm methodi yordamida bajarildi va bosim-tezlik bog‘lanishi SIMPLE algoritmi orqali ta’minlandi. Natijalar CFD modeli bilan eksperimental o‘lchovlar o‘rtasidagi farq 5-8% oralig‘ida ekanini ko‘rsatdi. Tahlil davomida qiziydigan zonalar, sovuq va issiq havo aralashuvi hamda qisqa tutashuvli havo oqimi holatlari aniqlandi. Optimallashtirilgan konfiguratsiyada havo oqimi barqarorlashgani va sovitish energiyasi kamaygani qayd etildi. Mazkur yondashuv ma’lumot markazlarida issiqlik boshqaruvini takomillashtirish, PUE ko‘rsatkichini yaxshilash va keyingi bosqichda intellektual boshqaruv tizimlari bilan integratsiya qilish uchun mustahkam ilmiy asos yaratadi.
Adabiyotlar
- Sharma R.K., Bash C.E., Patel C.D. Dimensionless Parameters for Evaluation of Thermal Design and Performance of Large-Scale Data Centers // 8th AIAA/ASME Joint Thermophysics and Heat Transfer Conference. 2002. Paper AIAA 2002-3091.
- Wibron E., Gustavsson M., Kutti V., Karlsson B. Computational Fluid Dynamics Modeling and Validating Experiments of Airflow in a Data Center // Energies. 2018. Vol. 11. No. 3. Art. 644.
- VanGilder J.W., Schmidt R.R., Alkharabsheh S., Sammakia B. Experi-mentally Validated Computational Fluid Dynamics Model for a Data Center With Cold Aisle Containment // Journal of Electronic Packaging. 2015. Vol. 137. No. 2. Art. 021010.
- Versteeg H.K., Malalasekera W. An Introduction to Computational Fluid Dynamics: The Finite Volume Method. 2nd ed. Harlow: Pearson Education, 2007.
- Patankar S.V. Numerical Heat Transfer and Fluid Flow. New York: Hemisphere Publishing Corporation, 1980.
- ASHRAE TC 9.9. Thermal Guidelines for Data Processing Environments. 5th ed., revised and expanded. Atlanta: ASHRAE, 2021.
- Avelar V., Azevedo D. PUE: A Comprehensive Examination of the Metric. White Paper 49. The Green Grid, 2012.
- Herrlin M.K. Data Center Air Management Report. Lawrence Berkeley National Laboratory / Pacific Gas and Electric Company, 2006.
- Shehabi A., Smith S., Sartor D., Brown R., Herrlin M., Koomey J., et al. 2024 United States Data Center Energy Usage Report. Lawrence Berkeley National Laboratory, 2024.
- Sarikaya O.M., Kuzay B.N., Morosuk T., Tsatsaronis G. Energy efficiency enhancement in two European data centers through CFD modeling // Scientific Reports. 2025. Vol. 15. Art. 24952.
- Ham S.W., Jeong J.W. Impact of aisle containment on energy performance of a data center // Applied Thermal Engineering. 2016. Vol. 105. P. 690–701.
- Hajdukiewicz M., Keane M.M., et al. A narrative review to credible computational fluid dynamics prediction for indoor environmental design and operation // Renewable and Sustainable Energy Reviews. 2024.