RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN VERTIKAL FREZALASH STANOGIDA YURITMA XUSUSIYATLARINI MODELLASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISH
Mirzayev N. N. & Abdumalikov O. A.
Annotatsiya
Maqolada raqamli dastur bilan boshqariladigan vertikal frezalash stanogida yuritma tizimini modellashtirish va optimallashtirish orqali uning dinamik xususiyatlari hamda ishlov berish aniqligini oshirish masalalari o‘rganildi. Tadqiqot doirasida yuritma tizimining matematik modeli ishlab chiqilib, u raqamli boshqaruv muhitiga moslashtirildi va diskret shaklda ifodalandi. Boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida raqamli PID algoritmi qo‘llanilib, uning parametrlarini aniqlash uchun gibrid optimallashtirish usuli (genetik algoritm va gradient yondashuvi) tatbiq etildi. Modellashtirish natijalari optimallashtirilgan modelda pozitsiya xatoliklari 2–3 barobar kamayganini, tizimning dinamik javobi yaxshilanib o‘tish va barqarorlashish vaqtlari qisqarganini hamda boshqaruv signalining silliqlashuvi natijasida energiya xarakteristikalari yaxshilanganini ko‘rsatdi. Olingan natijalar taklif etilgan raqamli modellashtirish va optimallashtirish yondashuvi CNC stanok yuritma tizimlarining aniqligi va barqarorligini oshirishda samarali ekanligini hamda sanoat amaliyotida qo‘llash uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar
- Altintas, Y. (2020). Manufacturing Automation: Metal Cutting Mechanics, Machine Tool Vibrations, and CNC Design (2nd ed.). Cambridge University Press.
- Altintas, Y., & Erkorkmaz, K. (2003). Feed drive modeling for high speed machine tools. CIRP Annals - Manufacturing Technology, 52(1), 297–300.
- Verl, A., Frey, S., & Dietmair, A. (2009). Modeling of feed drive systems for machine tools. Production Engineering, 3(4–5), 369–376.
- Okwudire, C. E., & Altintas, Y. (2010). Hybrid modeling of feed drives for high performance machining. Journal of Manufacturing Science and Engineering, 132(5), 051016.
- Pritschow, G., Brecher, C., Weck, M., & Witt, S. (2000). Open controller architecture—past, present and future. CIRP Annals, 50(2), 463–470.
- Ogata, K. (2010). Modern Control Engineering (5th ed.). Prentice Hall.
- Nise, N. S. (2015). Control Systems Engineering (7th ed.). Wiley.
- Ljung, L. (1999). System Identification: Theory for the User (2nd ed.). Prentice Hall.
- Goldberg, D. E. (1989). Genetic Algorithms in Search, Optimization and Machine Learning. Addison-Wesley.
- Montgomery, D. C., & Runger, G. C. (2018). Applied Statistics and Probability for Engineers (7th ed.). Wiley.