SHTM-1300/300 SHNEKLI-TISHLI MAYDALAGICHINING ISHCHI ORGANLARI YEYILISHINI KAMAYTIRISH ORQALI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Kamolov N. B., Suleymanova M. B., Raxmonov I. I. & Kaxxarov O. O.
Annotatsiya
Ushbu maqolada SHTM-1300/300 turidagi shnek-tishli maydalagichlarning ishchi organlari yeyilishini kamaytirish va ularning xizmat muddatini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Konchilik va boyitish korxonalarida tog‘ jinslarini maydalash jarayonida maydalagich shneklari va tishlarining tez yeyilishi uskunaning ishonchliligi hamda ekspluatatsion samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli shnekli maydalagich konstruksiyasini takomillashtirish, yeyilishga chidamli materiallardan foydalanish va ishchi elementlarni mustahkamlash usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot jarayonida shnek-tishli maydalagichning ishlash prinsipi, konstruksiya elementlari va ularning ishlash sharoitlari tahlil qilindi. Shuningdek, maydalagich tishlari va tishli disklar uchun yuqori marganesli 110G13L hamda legirlangan 12XN3A po‘lat materiallaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tishli disklarning konstruktiv parametrlari, tishlar soni va ularning joylashish burchaklari maydalash samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida baholandi. Olib borilgan tahlillar natijasida shnek-tishli maydalagich konstruksiyasida tishlarni qo‘shimcha mahkamlash, yeyilishga chidamli qoplamalar qo‘llash va optimal konstruktiv parametrlarni tanlash orqali maydalagichning ishonchliligini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish mumkinligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari konchilik sanoatida qo‘llaniladigan maydalash uskunalarining ekspluatatsion samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Андреев А.В., Дьяков В.А., Шешко Е.Е. “Транспортные машины и автоматизированные комплексы открытых разработок”: Учебник для вузов. - М.: Недра, 1975.-463 с.
- Василев М.В. “Транспорт глубоких карьеров”. - М.: Недра, 1983. - 360 с.
- Галкин В.И., Дмитриев В.Г., Дяченко В.П., Запенин И.В., Шешко Е.Е. “Современная теория ленточных конвейеров”: Учебное пособие для вузов. -М.: Изд-во МГГУ, 2005.-543с.
- Григорев В.Н., Дьяков В.А., Пухов Ю.С. “Транспортные машины для подземных разработок”: Учебник для вузов. - М.: Недра, 1984. - 384 с.
- Дьяков В.А. “Транспортные машины и комплексы открытых разработок”: Учебник для вузов. - М.: Недра, 1986. - 344 с.
- Спиваковский А.О., Потапов М.Г. “Транспортные машины и комплексы открытых горных разработок”. - М.: Недра, 1983. - 383 с.
- Gaffarov A.A., Atakulov LN. Avtosamosvallar ekspluatatsion ko‘rsatkichlari samaradorligini oshirish //“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali №3 2025.
- Toshov J.B., Rabatuly M., Khaydarov Sh., Kenetayeva A.A., Khamzayev A., Usmonov M., Zheldikbayeva A.T. Methods for Analysis and Improvement of Dynamic Loads on the Steel Wire Rope Holding the Boom of Steel Wire Rope Excavators. Integrated Use of Mineral Raw Materials Complex Use of Mineral Resources 2026; 339(4):87-96 https://doi.org/10.31643/2026/6445.43
- Zokhidov O.U., Khoshimov O.O., Khalilov Sh.Sh. Experimental analysis of microges installation for existing water flows in industrial plants. III International Conference on Improving Energy Efficiency, Environmental Safety and Sustainable Development in Agriculture (EESTE2023), E3S Web of Conferences. 2023.
- Khamzaev A.A., Mambetsheripova A., Arislanbek N. Thyristor-based control for high-power and high-voltage synchronous electric drives in ball mill operations/ E3S Web Conf. Volume 498, 2024/ III International Conference on Actual Problems of the Energy Complex: Mining, Production, Transmission, Processing and Environmental Protection (ICAPE2024).
- Кацман М.М. Электрические машины: учебник для студ. учреждений сред. проф. образования. – М.: Издательский центр \"Академия\", 2013. – 496 с.
- Abdalimovich, X. A., O‘G‘Li, U. M. Z., & Djabbarovich, S. D. (2025). SHAXTA SHAROITIDA NASOS QURILMALARINING ISH REJIMINI AVTOMATLASHTIRISH EVAZIGA ENERGIYA VA RESURS TEJAMKORLIKNI OSHIRISH. Илм-фан ва инновацион ривожланиш/Наука и инновационное развитие, 8(1), 84-93.
- Xamzayev, A. A., O‘G‘Li, J. U. B., Usmonov, M. Z. O. G. L., & Karimova, O. S. Q. (2024). Karyer ekskavatorlarning elektr yuritmalari ish rejimlarini manipulyator yordamida tahlil qilish. Academic research in educational sciences, 5(5), 638-648.
- Toshov, J. B., Rabatuly, M., Khaydarov, S., Kenetayeva, A. A., Khamzayev, A., Usmonov, M., & Zheldikbayeva, A. T. (2026). Methods for analysis and improvement of dynamic loads on the steel wire rope holding the boom of steel wire rope excavators. Kompleksnoe Ispolzovanie Mineralnogo Syra= Complex use of mineral resources, 339(4), 87-96.