O‘ZBEKISTONDA QO‘LLANILIB KELINYOTGAN ZAMONAVIY TO‘QUV DASTGOHLARINING TAHLILI
Dadaxanov N. K. & Azizov J. D.
Annotatsiya
Ushbu maqolada Itema kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan R9500 rapier to‘quv dastgohining konstruktiv, texnologik va tribologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy to‘quv uskunalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mato sifatini yaxshilash hamda energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan innovatsion yechimlar o‘rganilgan. R9500 dastgohida qo‘llanilgan SK Rapiers 2.0 tizimi, elektron boshqaruv platformasi (NCP), sensorli monitoring tizimlari hamda energiya tejamkor dvigatelning ishlash prinsipi ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, dastgohning pichoqli mexanizmi ishlash jarayoni, uning mavjud kamchiliklari va takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Pichoq geometriyasini optimallashtirish, zamonaviy qoplamali materiallardan foydalanish hamda kesish jarayonining mexanik asoslari tahlil qilinib, kesish sifatini oshirish va yeyilishni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Adabiyotlar
- Adanur S. Handbook of Weaving. – Boca Raton: CRC Press, 2001.
- Talukdar M.K., Sriramulu P.K., Ajgaonkar D.B. Weaving Machines, Mechanisms and Management. – New Delhi: Mahajan Publishers, 2010.
- Saville B.P. Physical Testing of Textiles. – Cambridge: Woodhead Publishing, 2018.
- Lord P.R., Mohamed M.H. Weaving: Conversion of Yarn to Fabric. – Manchester: Merrow Publishing, 1982.
- Itema Group. R9500 Rapier Weaving Machine Technical Documentation and Product Catalogue. – Italy, 2022.
- Itema Group. Advanced Rapier Weaving Technologies: SK Rapiers 2.0 System Description. – Itema Technical Report, 2021.
- Czichos H., Habig K.H. Tribology Handbook. – Wiesbaden: Springer, 2015.