DISKLI ISHCHI QUROLLAR BILAN TUPROQQA MEXANIK ISHLOV BERISHDA DISK VA TUPROQNING O‘ZARO TA’SIRINI FIZIK-MEXANIK MOHIYATI

Ermatov V. A., Batirov B. K. & Raximov S. T.


Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda sferik diskli ishchi organining tuproq bilan o‘zaro ta’siri jarayoni elastik-plastik deformatsiya modeli asosida nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tuproq ko‘p fazali muhit sifatida qaralib, uning asosiy mexanik xossalari - ichki ishqalanish burchagi va kesish qarshiligi parametrlarining ishchi organ harakatiga ta’siri o‘rganilgan. Diskning tuproqqa kirish jarayoni uch bosqichga - dastlabki kirish, chuqurlikka kirish va barqaror ish rejimlariga ajratilib, har bir bosqichda hosil bo‘ladigan kuchlar tizimi aniqlangan. Shuningdek tadqiqot natijasida disk yuzasiga ta’sir etuvchi umumiy qarshilik kuchining tarkibiy qismlari aniqlanib, diskning aylanish sharti momentlar muvozanati asosida asoslab berilgan. Zelenin nazariyasi asosida tuproqni kesish kuchining empirik bog‘lanishi tahlil qilingan va og‘ir qumoq tuproqlar uchun asosiy parametrlarning tavsiya etiladigan qiymatlari belgilangan.


Adabiyotlar

  1. Маматов Ф.М. Теория и расчет плоских дисковых ножей сельскохозяйственных машин. –Карши: Насаф, 1992.– С.48–52.
  2. Горячкин В.П. Теория почвообрабатывающих машин. - Москва: Колос, 1968. - 384 с. 2.
  3. Зеленин А.Н. Теория резания почвы - Москва: Машиностроение, 1969. - 304 с. 2.
  4. Синеоков Г.Н., Панов И.М. Теория и расчет почвообрабатывающих машин. - Москва: Машиностроение, 1977. - 328 с. 2.
  5. Godwin R.J. A Review of the Effect of Implement Geometry on Soil Failure and Implement Forces. - Soil and Tillage Research, 2007. - Vol. 97. -pp. 331-340.
  6. Abdullaev B., Mirzaev B. Research of Soil Cutting Resistance in Central Asian Conditions. - Biosystems Engineering, 2020. - Vol. 192. - pp. 1-9.
  7. To‘xtaqo‘ziyev A. Tuproqning sferik disk ishchi sirtidagi harakat tezligi // Mexanika muammolari. – Toshkent, 2009. – №5–6. – B. 75–78.
  8. Тухтакузиев А., Насритдинов А.А. Взаимодействие сферического диска с почвой// Вестник Российской академии сельскохозяйственных наук. – Москва, 2000. – №6. – С.76–77.