LIMONIUM OTOLEPIS YER USTKI VA ILDIZ QISMLARI DASTLABKI FITOKIMYOVIY TAHLILI
O‘rmonov D. G.
Annotatsiya
Ushbu ishda Farg‘ona vodiysida o‘suvchi Limonium otolepis turining fitokimyoviy tarkibi o‘rganildi. Dastlabki sifat tahlillari natijasida o‘simlikning yer ustki va ildiz qismlarida polifenol birikmalar, jumladan flavonoidlar va taninlarning mavjudligi aniqlandi, alkaloidlar esa aniqlanmadi. Monosaxaridlar faqat ildiz qismida qayd etildi. Tanninlarni aniqlash uchun o‘tkazilgan maxsus reaksiyalar ularning mavjudligini tasdiqladi. Stiasniy soni yordamida kondensirlangan tanninlar miqdori baholanib, ildizning spirtli ekstraktida yuqori qiymat (49,5%) kuzatildi. Infraqizil (IQ) spektroskopik tahlil natijalari ekstrakt tarkibida aromatik tuzilishga ega va –OH guruhlarga boy birikmalar, xususan kondensirlangan tanninlar mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar L. otolepis ni biologik faol polifenol birikmalar manbai sifatida istiqbolli o‘simlik ekanligini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar
- Koutroumpa, K., Theodoridis, S., Warren, B. H., et al. (2018). An expanded molecular phylogeny of Plumbaginaceae, with emphasis on Limonium (sea lavenders): Taxonomic implications and biogeographic considerations. Ecology and Evolution, 8(22), 12397–12424. https: // doi.org / 10.1002 / ece3.4553.
- Федоров A. A. (ред) Растительные ресурсы СССР: Цветковые растения, их химический состав, использование; Семейства Magnoliaceae—Limoniaceae. – Л.: Наука, –1984. – 460 с.
- Сенников А.Н. (ред.) Флора Узбекистана, т. 3. Издательство «Маънавият», Ташкент. –2019. –201 с.
- Junaid R Shaikh, MK Patil. Qualitative tests for preliminary phytochemical screening: An overview. Int J Chem Stud 2020;8(2):603 - 608. DOI: 10.22271 / chemi.2020.v8.i2i.8834
- 5. 78. Tahir, P. Md., Musgrave, O.C. and Ashaari, Z. Determination of Polyphenolic Content of Bark Extracts for Wood Adhesives. // Holzforschung. –2002. –№ 56(3). P. 267-272. https://doi.org/10.1515/HF.2002.044
- Adamczyk, B., Simon, J., Kitunen, V., Adamczyk, S., & Smolander, A. Tannins and Their Complex Interaction with Different Organic Nitrogen Compounds and Enzymes: Old Paradigms versus Recent Advances. // ChemistryOpen. –2017. –№ 6(5). P. 610–614. https: // doi.org / 10.1002 / open.201700113
- Ruiz-Aquino, F., Feria-Reyes, R., Rutiaga-Quiñones, J. G., Robledo-Taboada, L. H., & Gabriel-Parra, R. (2023). Characterization of tannin extracts derived from the bark of four tree species by HPLC and FTIR. // Forest Science and Technology. –2023. –№ 19(1). P. 38–46. https://doi.org/10.1080/21580103.2023.2166593