TO‘DAKO‘L SUV OMBORI SUVIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI VA KIMYOVIY TAHLILI.
Yoshiyeva D. Y. & Hasanova K. S.
Annotatsiya
Maqolada To‘dako‘l suv omborini gidrokimyoviy rejimi va suv sifatini yomonlashuvini oldini olish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Tadqiqot Navoiy viloyatida joylashgan To‘dako‘l suv omborida olib borilgan. Suv omborini gidrokimyoviy rejimiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va To‘dako‘l suv omboridagi asosiy ionlarning gidrokimyoviy tavsiflarining tahlil kilingan va mavsumiy o‘zgarishi baholangan. Masalan, yoz va kuz fasllarda suv tarkibida ionlarning miqdorining ortishi xamda qish va bahor oylarida esa kamayishi qayt etilgan. Kuzatilgan vaziyatning oldini olish uchun suv omboridagi suv almashinuvini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Qayd etilgan holatlar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitida mavsumiy boshqariluvchi suv omborlarini ishonchliligini gidrologik va gidroekologik omillarni hisobga olgan holda oshirish zarurligini asoslaydi va ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borish mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Mazkur tadqiqot doirasida suv omborining suv sifati gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish maqsadida foydalanish uchun ruxsat etilgan me’yorlar bilan taqqoslash orqali baholash amalga oshirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki me’yorlardan ortiq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish orqali tekislik hududlarda joylashgan suv omborlarining suvi nisbatan sho‘r bo‘lib, ularni ichimlik va boshqa xo‘jalik maqsadlarida ishlatish uchun qo‘shimcha tozalash ishlari talab qilinadi.
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida“gi qonuni T.: - 1997.
- G‘affarova, M. F., Sh Yaxshiyev, and D. Yоshiyeva. "TO‘DAKO‘L SUV OMBORIDA KIMYOVIY REJIMNING O‘ZGARISHI." AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI 2.2 (2023): 4-7.
- Yoshiyeva D. Y., Suyunov J. ZARAFSHON DARYOSI SUVIDAN FOYDALANISH MASALALARI //GOLDEN BRAIN. 2024. – T. 2. - №. 1.- С. 59-66.
- Hikmatov F.H. Sirliboyeva Z.S., Aytboyev D.P. Ko‘llar va suv omborlar gidrografiyasi, gidrologik xususiyatlari. Toshkent, 2000
- D.Y.Yoshiyeva., J. Suyunov., TOG‘ DARYOLARIDA SUV O‘LCHASH POSTLARINI TASHKIL QILISH USLUBLARI. “TABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA AGROEKOTIZIMLAR BARQARORLIGINING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY - AMALIY ANJUMANI MAQOLALAR TO`PLAMI 5-6 DEKABR 2023 YIL. 175-178-betlar.