“AMMIAK SAQLASH KAMERASINI SOVUTISH TIZIMINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI FUZZY-PID BOSHQARUV ORQALI OSHIRISH”
Boboyev A. A. & Do‘smurodov D. H.
Annotatsiya
Mazkur maqolada ammiakni sovutish tankida haroratni boshqarish jarayonining energiya samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot obyekti sifatida suyuq ammiakni saqlash va sovutishga mo‘ljallangan tank tizimi tanlangan. Tank ichidagi haroratni barqaror ushlab turish bug‘lanish yo‘qotishlarini kamaytirish va energiya sarfini optimallashtirish uchun muhim hisoblanadi. Ishda an’anaviy PID boshqaruv tizimining kamchiliklari tahlil qilinib, Fuzzy Logic asosida PID parametrlarini real vaqt rejimida moslashtiruvchi Fuzzy-PID algoritmi taklif etilgan. Natijada haroratni aniq boshqarish, energiya sarfini kamaytirish va tizim barqarorligini oshirish imkoniyati asoslab berilgan.
Adabiyotlar
- Shixian Zhang (2025). Research on the Application of PID Control Algorithm and Fuzzy Control Theory in the Field of Temperature Control.
- Nurfauziah (2025). Evaluasi Akurasi Kendali PID dan Fuzzy Logic Control dalam Berbagai Aplikasi Sistem Kontrol: A Literature Review.
- R. Ramadhan & X. Fang (2024). Control: A Comparative Study of Advanced Fuzzy Logic and PID Controllers Enhancing Energy-Efficient Water Pumping with Intelligent.
- M. N. Ismael & F. H. Yahya (2024). Enhanced Concentration Control in Electrochemical Reactors Using Fuzzy Logic with Conventional PID Controllers.
- Isomiddin Sidikov et al. (2024). Review on PID, fuzzy and hybrid fuzzy PID controllers for controlling non-linear dynamic behaviour of chemical plants (Springer). MATLAB.