PAST KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARDA ELEKTR ENERGIYASI ISROFLARINI REAKTIV QUVVATNI KOMPENSATSIYALASH ASOSIDA KAMAYTIRISH.

Mustayev. R. A., Jabborov. S. I. & Bozorova. C. D.


Annotatsiya

Ushbu maqolada past kuchlanishli elektr tarmoqlarda elektr energiyasi isroflarini kamaytirish muammosi ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 0,4 kV tarmoqlarda bir fazali yuklamalarning ustunligi natijasida fazalar orasida nosimmetriya yuzaga keladi va bu holat reaktiv quvvatning ortiqcha iste’moli bilan birga energiya yo‘qotishlarini oshiradi. Ishda reaktiv quvvatni kompensatsiyalashning an’anaviy usullarining kamchiliklari yoritilib, fazalar bo‘yicha alohida (bir fazali) kompensatsiya usulining afzalliklari asoslab berilgan. Shuningdek, kontaktsiz kommutatsiya qurilmalaridan foydalanish orqali kompensatsiya jarayonining ishonchliligi va tezkorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari elektr tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish va ularning ishonchli ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. Шишкин С. А. Симметрирование и компенсация реактивной мощности несимметричных низковольтных нагрузок с помощью конденсаторных батарей. // Электротехника, 2006. № 8.
  2. Патент РФ № 2229766 H02J3/18 Устройство для симметрирования и компенсации реактивной мощности / Шишкин С. А. — Заявл. 07.10.2002, опубл. 27.05.2004. Бюлл. № 15.
  3. Гамазин С. И., Зеленская М. А. Расчетно-экспериментальные исследования области допустимых несимметричных режимов в системе электроснабжения до 1000 В. // Электрика, 2003. № 3.