EKOAVTOTURARGOHLARNI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI (BUXORO SHAHRI MISOLIDA)
Tuxtayeva X. T. & Po‘latova S. M.
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaharsozlik normalariga asosan yashil infratuzilmani rivojlantirish hamda ekoavtoturargohlarni tashkil qilishning ilmiy asoslari keltirilgan. Buxoro shahar iqlimi issiq va quruq bo‘lgani sababli kam suv talab qiladigan iqlimga tez moslasha oladigan o‘simliklar tavsiya etilgan. Ekoavtoturargoh uchun chirmashib o‘suvchi, issiqqa chidamli hamda estetik jihatdan yashil hudud yaratishda eng yaxshi o‘simlik Parthenocissus henryana (Yovvoyi qora uzum) deb topildi. Buxoro shahrida hozirgi kunda qurilish ishlari jadal tus olgan. Har bir qurilgan binoni topshirishda aholi uchun qulayliklar yaratish lozim. Binolar oldida yashil hudud bo‘lishi ham avtoturargohlar bo‘lishi ham aholi yashashi uchun zarur ehtiyoj sifatida ko‘riladi. Ekoavtoturargohlarni tashkil qilish esa yashil hudud va avtoturargohlarni birlashtirish natijasida maydon jihatdan samarali yechim hisoblanadi. Shahar hududida avtomobillarning juda ko‘p harakatlanishi natijasida ba’zi joylarda shovqin detsibali yuqori bo‘lishi mumkin. Bu o‘simlik shovqinni yutishi bilan ham qulaylik yaratadi. Yana bir muhim jihatlaridan biri CO2ni yutib O2 chiqarishi natijasida shahar mikroiqlimini yaxshilaydi. Aholi yashash joylarida ekoavtoturargohlarni tashkil qilish avtomobillardan chiqadigan zaharli gazlarning inson bo‘yi suzib yurishi natijasida yuzaga kelayotgan ko‘plab kasalliklarning oldini olishda samaralidir.
Adabiyotlar
- Zingirov S.J. Avtomobillarning ishlashi davomida chiqadigan zararli gazlar miqdorini aniqlash va kamaytirish. Respublika konferensiyasi. (258-265b.)
- Kasimov N.S I dr Ekologiya goroda.-M:Nauchniy mir,2004.
- https://xs.uz/uz/post/bino-va-inshootlar-qurilishida-avtoturargohlar
- https://www.greatplantpicks.org/plantlists/view/1091