SINTETIK VA ANANAVIY YOQILG`ILARNI KOMPOUDLASH ASOSIDA EKOLOGIK VA EKSPLUATATSION XOSSALARI YAXSHILANGAN YOQILG’ILAR OLISH VA ULARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI
Ro`ziyev A. T., Hayitov R. R. & Mavlonov S. B.
Annotatsiya
Maqolada sintetik GTL yoqilg‘isi va an’anaviy dizel fraksiyalarini turli nisbatlarda kompaundlash orqali olingan yoqilg‘i aralashmalarining fizik-kimyoviy hamda ekspluatatsion xossalari tadqiq etilgan. Tajribalar natijasida 22–60% GTL ulushida setan soni 58–63 gacha oshgani, zichlik 791–816 kg/m³ oralig‘ida shakllangani va kinematik qovushqoqlik 3.27–4.2 mm²/s diapazonida bo‘lgani aniqlandi. Oltingugurt miqdori 9.4–17.2 mg/kg gacha kamayib, politsiklik aromatik uglevodorodlar 2.9–3.8% ni tashkil etdi. Past harorat xossalari yaxshilanib, chegaraviy filtrlanuvchanlik harorati −10…−11 °C gacha pasaydi. Olingan natijalar GTL asosidagi kompaundlangan yoqilg‘ilar ekologik xavfsizligi va yonish samaradorligi yuqori ekanini ko‘rsatdi hamda EURO talablariga mos optimal tarkiblarni tanlash imkonini berdi.
Adabiyotlar
- International Energy Agency (IEA). World Energy Outlook 2023. – Paris: IEA Publications, 2023.
- European Environment Agency. Transport and Environment Report 2022. – Copenhagen, 2022.
- Heywood J.B. Internal Combustion Engine Fundamentals. – New York: McGraw-Hill, 2018.
- Dry M.E. The Fischer–Tropsch process: 1950–2000 // Catalysis Today. – 2002. – Vol. 71. – P. 227–241.
- Knothe G., Krahl J., Van Gerpen J. The Biodiesel Handbook. – AOCS Press, 2015.
- [6]. ExxonMobil Research and Engineering. GTL Diesel Fuel Blending Characteristics. – Technical Report, 2016.
- Lapuerta M., Armas O., Rodríguez-Fernández J. Effect of biodiesel fuels on diesel engine emissions // Progress in Energy and Combustion Science. – 2008. – Vol. 34. – P. 198–223.