“O`ZBEKISTON GTL” MAHSULOTLARNINING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI VA ULARNI KOMPOUDIRLASH ASOSIDA EKOLOGIK TOZA YOQILG`ILAR OLISH ISTIQBOLLARI
Ro`ziyev A. T., Hayitov R. R. & Mavlonov S. B.
Annotatsiya
Mazkur maqolada “O‘zbekiston GTL” zavodida ishlab chiqarilgan sintetik dizel yoqilg‘isini an’anaviy EURO K4 dizel yoqilg‘isi bilan turli nisbatlarda (50–60 %) kompaundlash natijasida olingan aralash yoqilg‘ilarning fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalari o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida aralash yoqilg‘ilarda setan soni 62–63 birlikni tashkil etishi, setan indeksi esa 59,5–60,0 oralig‘ida bo‘lishi aniqlandi. Zichlik 791,2–796,1 kg/m³, kinematik viskozite 40 °C da 3,27–3,33 mm²/s diapazonda o‘zgargani kuzatildi. Chegaraviy filtrlanish harorati –10…–11 °C ni tashkil etib, sintetik komponent qo‘shilishi past harorat xossalarining yaxshilanishiga olib kelgani qayd etildi. Oltingugurt miqdori 9,4–17,2 mg/kg oralig‘ida bo‘lib, ekologik talablar darajasida saqlangan. Yonish harorati 71–75 °C, moylovchanlik bo‘yicha eskirish diametri 450–460 mkm hamda oksidlanish barqarorligi bo‘yicha cho‘kma miqdori 3,3–3,7 g/m³ ni tashkil etdi. Olingan natijalar sintetik GTL komponentlarini neft dizel fraksiyalari bilan ilmiy asoslangan kompaundlash orqali ekologik toza va yuqori samaradorlikka ega motor yoqilg‘ilarini olish mumkinligini ko‘rsatdi.
Adabiyotlar
- International Energy Agency (IEA). World Energy Outlook 2022. – Paris: IEA Publications, 2022.
- European Environment Agency. Transport and Environment Report. – Copenhagen, 2021.
- Dry M.E. Fischer–Tropsch synthesis and the production of clean fuels // Catalysis Today. – 2002. – Vol. 71. – P. 227–241.
- Chevron Corporation. Gas-to-Liquids Technology Overview. – Technical Report, 2015. Alleman T.L., Eudy L., Miyasato M. et al. Fuel Property Effects on Advanced Combustion Performance. // SAE Technical Paper. – 2004.
- ExxonMobil. Blending of GTL Diesel with Conventional Diesel Fuel. – Technical Bulletin, 2013.
- Lapuerta M., Armas O., García-Contreras R. Effect of fuel properties on diesel emissions // Fuel Processing Technology. – 2009. – Vol. 90. – P. 1356–1365.