LiA SEOLITINING TOZA KIMYOVIY REAGENTLAR YORDAMIDA SINTEZI VA MIKROSTRUKTURAVIY SEM TAHLILI

Hamidov R. . & Oydinov M. .


Annotatsiya

Ushbu ishda Na-A tipidagi seolit gidrotermal sintez usuli orqali NaAlO₂ va Na₂SiO₃ asosida olinib, keyinchalik LiCl eritmasi yordamida ko‘p bosqichli ion almashinish jarayoni orqali Li-A seolitga aylantirildi. Sintez jarayoni 120 °C da 24 soat davomida olib borilib, yuqori kristallik darajaga ega Na-A seolit hosil qilindi. Ion almashinuvi 80 °C sharoitda bir necha bosqichda amalga oshirilib, natijada Na⁺ ionlarining Li⁺ ionlari bilan samarali almashinuvi ta’minlandi. Olingan Li-A seolit namunasi skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) usuli yordamida o‘rganilib, uning mikron o‘lchamdagi kubik kristallardan tashkil topganligi, qisman agregatsiyalangan tuzilishga ega ekanligi va LTA strukturasiga xos morfologik xususiyatlarni saqlab qolganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Li-A seolitning yuqori struktural barqarorlik va amaliy qo‘llanish imkoniyatlariga ega ekanligini ko‘rsatdi.


Adabiyotlar

  1. Breck D.W. Seolite Molecular Sieves: Structure, Chemistry, and Use. — New York: Wiley, 1974.
  2. Szostak R. Molecular Sieves: Principles of Synthesis and Identification. — Springer, 1998.
  3. Cundy C.S., Cox P.A. The hydrothermal synthesis of seolites. — Microporous and Mesoporous Materials, 2003.
  4. Flanigen E.M. Seolites and molecular sieves: an historical perspective. — Studies in Surface Science and Catalysis, 2001.
  5. Querol X. et al. Synthesis of seolites from coal fly ash. — International Journal of Coal Geology, 2002.
  6. Davis M.E., Lobo R.F. Seolite and molecular sieve synthesis. — Chemistry of Materials, 1992.
  7. Goldstein J. et al. Scanning Electron Microscopy and X-ray Microanalysis. — Springer, 2003.
  8. Reimer L. Scanning Electron Microscopy: Physics of Image Formation. — Springer, 1998.
  9. Ruthven D.M. Principles of Adsorption and Adsorption Processes. — Wiley, 1984.
  10. Barrer R.M. Hydrothermal Chemistry of Seolites. — Academic Press, 1982.
  11. Jacobs P.A., Martens J.A. Synthesis of high-silica seolites. — Studies in Surface Science, 1987.
  12. Mintova S., Olson N.H. Crystal growth in seolites. — Microporous Materials, 1995.