TABIIY KONVEKSIYA ASOSIDAGI BEVOSITA QUYOSH QURITGICHLARNING OLMA QURITISH JARAYONIGA TA`SIRINI BAHOLASH

Ma`murova D. M.


Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada global oziq-ovqat tizimida meva-sabzavot yetishtirish hajmining ortishi bilan birga yuzaga kelayotgan hosil yo‘qotishlari muammosi chuqur tahlil qilinadi. Dunyo miqyosida hosilning 30–50% gacha qismi saqlash, tashish va qayta ishlash bosqichlarida isrof bo‘layotgani, O‘zbekiston sharoitida esa bu ko‘rsatkich 20–25% atrofida ekanligi ilmiy manbalarda qayd etiladi. Ushbu muammoni bartaraf etishda bevosita quyosh quritgichlari samarali texnologik yechim sifatida ko‘rsatilib, ularning mahsulot sifatini saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga moslikni ta’minlash hamda energiya tejamkorligini oshirishdagi afzalliklari yoritiladi. Tadqiqotda tabiiy konveksiya asosida ishlovchi bevosita quritgichlarning shishali issiqxona sharoitida olma mahsulotini quritish jarayoniga ta’siri matematik modellashtirish orqali baholangan. Quritish jarayonining issiqlik balansi, mahsulot va shisha haroratlarining vaqt bo‘yicha dinamikasi, shuningdek quyosh nurlanishining ta’siri differensial tenglamalar yordamida tahlil etilgan. Hisoblash natijalari mahsulot haroratining izchil oshishi, issiqxona shishasining issiqlikni yig‘ish va ushlab turish xususiyatlari hamda quritish jarayonida issiqlik inertsiya hodisasining muhimligini ko‘rsatadi. Olingan ilmiy natijalar shuni tasdiqlaydiki, shishali issiqxonada olma quritish jarayoni energiya samaradorligi yuqori bo‘lib, ishlab chiqilgan matematik model real fizik jarayonlarni yetarli aniqlikda tavsiflay oladi. Ushbu yondashuv quritish jarayonining optimal harorat rejimini tanlash, quritish vaqtini qisqartirish va mahsulot sifatini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega. Natijada, O‘zbekiston sharoitida meva-sabzavotlarni saqlashda isrof darajasini kamaytirish va barqaror texnologiyalarni joriy etishda istiqbolli yo‘nalish sifatida baholanadi.


Adabiyotlar

  1. S. F. dos Santos et al., “Post-harvest losses of fruits and vegetables in supply chains: A review”, ScienceDirect, 2020.
  2. S. Schudel et al., “Solution roadmap to reduce food loss along your supply chain”, ScienceDirect, 2023.
  3. E. M. Karoney et al., “Global research network analysis of fresh produce postharvest losses”, ScienceDirect, 2024.
  4. M. J. Gidado et al., “Challenges of postharvest water loss in fruits: Mechanisms and mitigation”, ScienceDirect, 2024.
  5. D. Chaatouf et al., “Experimental and numerical study of a natural convection solar dryer”, ScienceDirect, 2023.
  6. M. C. Gilago et al., “Performance evaluation of natural and forced convection indirect solar dryers”, ScienceDirect, 2022.
  7. G. D. Shekata et al., “Recent advancements in indirect solar dryer performance”, ScienceDirect, 2024.
  8. O. A. Nnamchi et al., “Solar dryers: A review of mechanism, methods and critical factors”, ScienceDirect, 2025.
  9. D. Kong et al., “A comprehensive review of hybrid solar dryers integrated with storage”, ScienceDirect, 2024.
  10. R. K. Saini et al., “Technological development in solar dryers from 2016 to 2023: A review”, ScienceDirect, 2023.
  11. V. S. Vigneswaran et al., “Comparative assessment of indirect cabinet solar dryers in terms of performance and cost”, ScienceDirect, 2024.
  12. M. Salhi et al., “Experimental investigation and performance evaluation of an indirect solar dryer”, ScienceDirect, 2024.
  13. P. GaneshKumar et al., “Exploring the performance of an indirect solar dryer by surface improvements of the solar air heater”, ScienceDirect, 2024.
  14. M. A. Kherrafi et al., “Experimental and numerical study of performance enhancements in direct solar dryers”, ScienceDirect, 2025.
  15. S. Yematawu et al., “Experimental testing on the performance of solar dryer with evacuated tube collector”, ScienceDirect, 2024.
  16. D. Kimaro et al., “Uncovering socioeconomic insights of solar dryers for smallholder farmers”, ScienceDirect, 2024.
  17. S. Madhankumar et al., “Analysis of thermal performance and drying kinetics of indirect solar dryers”, ScienceDirect, 2025.
  18. W. Hao et al., “Research on the performance and life cycle assessment of direct vs mixed-mode solar dryers”, ScienceDirect, 2025.
  19. P. Rajapakshe et al., “Strategies to minimize post-harvest waste of fruits and vegetables”, ScienceDirect, 2025.
  20. M. Naniwadekar et al., “Solar drier with IoT and advanced monitoring for potato slices”, ScienceDirect, 2025.