ZAMONAVIY FUNKSIONAL MATERIAL SIFATIDA GIDROKSIPROPILMETILSELLYULOZA ASOSIDAGI GIDROGELLAR SINTEZI VA XOSSALARINING TADQIQOTI
Muxiddinov B. F., Isroilov O. I., Axtamov D. T. & Isroilova G. A.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda gidroksipropilmetilsellyuloza, akril monomerlar hamda Cr³⁺ ionlari asosida kompozitsion gidrogel sintez qilindi. Gidrogel radikal polimerlanish usuli orqali olinib, uning strukturaviy va termik xossalari kompleks ravishda o‘rganildi. IQ-spektroskopik tahlillar natijasida polimer tizim tarkibida asosiy funksional guruhlarning mavjudligi hamda komponentlar o‘rtasida fazoviy bog‘langan uch o‘lchamli tarmoq hosil bo‘lgani tasdiqlandi. Termik tahlil natijalari gidrogelning bosqichma-bosqich parchalanishini hamda yuqori haroratlarda strukturaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida sintez qilingan materialning termik barqarorligi, rivojlangan g‘ovak tuzilishi va yuqori bo‘kish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar ushbu gidrogellarning funksional polimer gidrogel sifatida istiqbolli yangilik ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Haneyen Omar, Edrese Alsharaeh. Improving water retention in sandy soils with high-performance superabsorbents hydrogel polymer. ACS Omega. American Chemical Sociyety. July. 2024. p.23531-23541.
- Kholnazarov B.A., Turayev Kh.Kh., Dzhalilov A.T., Shirinov Sh.D. Исследование нового гидрогеля, синтезированного на основе кракҳмала, акриламида и бентонит. Universum: tekhnicheskiye nauki, 2019. 4, p.52-55.
- Xia Zhao, Dong Li, Li-jun Wang, Yong Wang, Role of gelation temperature in rheological behavior and microstructure of high elastic starch-based emulsion-filled gel, Food Hydrocolloids, Volume 135, 2023, 108208, ISSN 0268-005X, https://doi.org/10.1016/j.foodhyd.2022.108208. p.108208.
- О. И. Исроилов, Б. Ф. Мухиддинов, А. Т. Джалилов, Ш. Д. Ширинов, Г.А. Исроилова. ИК-спектроскопические и термогравиметрические исследования гидрогелей, синтезированных на основе карбоксиметилцеллюлозы. Universum: технические науки : электрон.научн.Журн. 2024. DOI-10.32743/UniTech.2024.128.11.1876. c.13.
- О. И. Исроилов, Б. Ф. Мухиддинов, А. Т. Джалилов, Ш. Д. Ширинов. Композитный гидрогель на основе карбоксиметилцеллюлозы и ионов металлов. Материалы докладов 89-й научно-технической конференции профессорско-преподавательского состава, научных сотрудников и аспирантов,2025, Belorussia. с.277-279
- Superabsorbent Polymer Hydrogels for Sustainable Agriculture: A Reviyew. Yusuff Oladosu, Mohd Y. Rafii, Fatai Arolu, Samuyel Chibuike, Monsuru Adekunle https://doi.org/10.3390/horticulturaye8070605. Institute of Tropical Agriculture and Food Security, Universiti Putra Malaysia (UPM), Malaysia. 5 July 2022. p.1-17.
- О. И. Исроилов, Б. Ф. Мухиддинов, А. Т. Джалилов, Ш. Д. Ширинов. Синтез и исследование гидрогелей на основе гидроксипропилметилцеллюлозы методами дериватографии и ик-спектроскопии. Universum: химия и биология: научный журнал.–№ 4. 2025. http://7universum.com/ru/nature/archive/category/4130.2025.130.4. c.76.