DIGLITSIDILTIOKARBAMID ASOSIDA SINTEZ QILINGAN IONITLAR VA ULARNING METALLLAR BILAN HOSIL QILGAN KOMPLEKS BIRIKMALARINING IQ-SPEKTROSKOPIK TADQIQOTI.
Boltayev N. S., Amanov . S., Usanova F. ., Sharifova L. . & Jo'rayev U. A.
Annotatsiya
Hozirgi vaqtda olimlar, tadqiqotchilar, texnologlar va ishlab chiqaruvchilarning e’tibori ikkilamchi xomashyolardan ratsional foydalanish, ya’ni kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyalarni yaratish, tabiiy boyliklardan kompleks foydalanishning tejamkor va ekologik jihatdan toza usullarini izlab topishga qaratilgan. Mazkur muammolarni hal etishning samarali yo‘llaridan biri – ishlab chiqarish korxonalarining ikkilamchi mahsulotlari asosida ion almashinuvchi polimerlar olish hisoblanadi. Ma’lumki, ionitlar gidrometallurgiya sanoati, texnologik va oqava suvlardagi rangli, noyob va nodir metall ionlarini kontsentrlash va ajratish, shuningdek, ionlar aralashmasini bir-biridan ajratish jarayonlarini soddalashtirishda keng qo‘llaniladi. Ushbu ishda, Diglitsidiltio-karbamid asosida sintezlangan ionitlar va ularning metallarga nisbatan hosil qilgan kompleks birikmalarining IQ-spektroskopik tadqiqoti o‘rganiladi. Tahlil qilinayotgan ionitlar, xususan, ularning sintez jarayonida qanday fiziko-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lishi va ular bilan turli metallarning reaksiyaga kirishishi, kompleks birikmalarining fizik va kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish muhimdir. IQ-spektroskopiyasi yordamida ionitlar va kompleks birikmalarining strukturasi, molekulyar energiya holati, va boshqa spektral xususiyatlar aniqlanadi. Bu metod orqali birikmalarni tuzish jarayonlari, ularning stabilligi, metall bilan o‘zaro ta’siri va qo‘llaniladigan analitik usullarni yanada chuqurroq tushunishga erishiladi. Izlanishlar natijalari, ayniqsa, kimyo va materialshunoslik sohalarida yangi materiallar yaratishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos yaratadi. Bu ish, shuningdek, tahlil qilinayotgan ionitlar va komplekslar bilan ishlashda IQ-spektroskopiyasining samaradorligini ko‘rsatib, analitik metodlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Тураев Х.Х., Касимов Ш.А., Расулов А.А., Эшқурбонов Ф.Б. Тест - средства идентификации и определения воды в органических средах. // «Яшил Кимё» - барқарор ривожланиш омилларидан бири Республика илмий-амалий анжумани (халқаро иштирокчилар билан). –Самарқанд, - 2012. С.490-491.
- Джалилов А.Т., Эшқурбонов Ф.Б. ИК-спектроскопическое исследование синтезированных комплексообразующих ионитов. // III международная конференция по химии и химической технологии. - 2013. - С. 460-462.
- Холбоева А., Милиева З.Б., Давидова М.И., Эшқурбонов Ф.Б. Сувни ифлослантирувчи кўринишлар ва уни тозалаш масалалари. // «Яшил Кимё» - барқарор ривожланиш омилларидан бири Республика илмий-амалий анжумани (халқаро иштирокчилар билан). –Самарқанд, - 2012. С.375.
- Эшкурбонов Ф.Б., Тураев Х.Х., Джалилов А.Т., Касимов Ш.А. , Зоирова Ҳ.С. Эпихлоргидрин асосида олинган маҳсулотларнинг ИҚ – спектроскопик таҳлили. // ТерДУ хабарномаси. – Термиз. – 2015. - №1-4. – 69-72 б.
- Тураев Х.Х., Касимов Ш.А., Эргашева Н.Н., Эшқурбонов Ф.Б. Исследование сорбции некоторых металлов на синтезированных комплексообразующих ионитах. // Узбекский химический журнал. - Т.: -2013. - №4. - С.36-39.