FIZIKA FANINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINI METODOLOGIK TAHLIL QILISH
Husanov Z. J.
Annotatsiya
Mazkur maqolada fizika fanining ilmiy taraqqiyoti jarayonida falsafiy va metodologik qarashlarning tutgan o‘rni har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqot muallifning “Fan falsafasi” fani doirasida olib borgan ilmiy izlanishlari, amaliy tajribasi hamda uzoq yillik kuzatuvlariga asoslanadi. Muallif ushbu kursni qariyb yigirma besh yil davomida fizika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tanlov fan sifatida olib borib kelmoqda. Shu jarayonda to‘plangan tajribalar asosida fizika fanini faqat tabiiy fan sifatida emas, balki chuqur g‘oyaviy va falsafiy asoslarga ega bo‘lgan ilmiy tizim sifatida talqin etishga intiladi. Maqolada fizika fanining shakllanish jarayoni, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari, ilmiy metodlar bilan o‘zaro uyg‘unligi, eksperiment va nazariya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik masalalari yoritiladi. Shuningdek, ilmiy bilishning dialektik xususiyatlari, fanlar tasnifi doirasida fizikaning tutgan o‘rni ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, fizikani o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan falsafiy qarashlar, ilmiy paradigmalarning almashinuvi, metodologik yondashuvlar hamda ilmiy tafakkurning evolyutsiyasi masalalari keng ko‘lamda ko‘rib chiqiladi.
Adabiyotlar
- Charless MW, Arthur WW. The Five Biggest Ideas in Science. Gence A, çev. editörü. Palme Yayıncılık;2010.
- Obradovic S. Empirical Evidence in the Structure of Physical Theories. Foundations of Science 2013 Jun;18(2): 307-318.
- McCabe G.The Structure and Interpretation of the Standard Model (Philosophy and Foundations of Physics, 1871-1774 V.2).Ed.Dieks D, Redei M. Elsevier Science Limited; 2007,Volume 2.
- Dirac PAM. Methods in Theoretical Physics. In:Bethe HA,Dirac PAM,Heisenberg W,Wigner EP,Klein O,Landau LD by Lifshitz EM (eds), From a Life of Physics. World Scientific Publishing Co. Pte. Ltd. 1989:p.19-30.
- Dirac PAM. The Early Years of Relativity. In: Holton G, Elkana Y, editors. Albert Einstein,Historical and Cultural Perspectives (Jerusalem Centennial Symposium, March 14- 23,1979) Princeton University Press; 1982.p 79- 90.
- Butterfield J, Erman J. Philosophy of Physics Part B. In:Gabbay DM,Thagard P, Woods J(eds),Handbook of The Philosophy of Science. Elsevier Science Limited,Holland, 2007.
- Chalmers AF. What is this things called science? 3th. ed. Hackett Publishing Company;1999.