AI MONITORING-BASED INNOVATIVE SOLUTIONS OF AI AND DRONE TECHNOLOGIES FOR AGRO-ECONOMIC AND ECOLOGICAL SUSTAINABILITY
Safarova B. I.
Annotatsiya
Ushbu maqolada AI monitoring asosida sun’iy intellekt va dron texnologiyalari integratsiyasining agroiqtisodiyot barqarorligini ta’minlash hamda ekologik muammolarni hal etishdagi innovatsion yondashuvlari chuqur tahlil qilingan. Zamonaviy qishloq xo‘jaligida raqamli va aqlli texnologiyalarni, jumladan sun’iy intellekt, IoT va nanoteknologiyalarni joriy etish resurslardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va ekologik xavflarni minimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda dronlar yordamida yig‘ilgan katta hajmdagi ma’lumotlarni mashinali o‘rganish va chuqur o‘rganish algoritmlari orqali qayta ishlash, agroekotizimlarni real vaqt rejimida monitoring qilish hamda optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, AI monitoring tizimlarining agroiqtisodiy samaradorlikni oshirish, suv va o‘g‘it sarfini optimallashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ushbu texnologiyalar qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, aqlli ferma tizimlarini shakllantirish va global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- UNESCO & FAO Report (2023). Digital Agriculture and AI Transformation in Food Systems. United Nations Publications..
- Russell, S., & Norvig, P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. Pearson Education.
- Kamilaris, A., & Prenafeta-Boldú, F. X. “Deep learning in agriculture: A survey.” Computers and Electronics in Agriculture.
- Kumar, N., & Singh, V. “Hyperspectral imaging and AI fusion for precision crop health monitoring.” ISPRS Journal of Photogrammetry and Remote Sensing.
- European Commission . AI in Agriculture: Policy and Technological Trends Report. EU Science Hub.
- Brown, T., et al. “Foundation models for earth observation and agriculture.” Nature Machine Intelligence
- Patel, K., & Shah, M. “Digital twin agriculture: AI-driven simulation models for farm optimization.” Smart Agricultural Technology.