MADANIY MEROS OBYEKTLARI DAVLAT KADASTRI UCHUN KO‘P MANBALI GEOMA’LUMOTLARNI INTEGRATSIYA QILISH ALGORITMINI YARATISH
Sattorov S. Y., Pirimov J. J., Ro‘ziyeva M. B. & Jo‘raqulov F. F.
Annotatsiya
Madaniy meros obyektlari davlat kadastri ma’lumotlarini shakllantirish jarayonida geoaxborot texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi madaniy meros obyektlari haqidagi fazoviy va atributiv ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tizimlashtirish hamda ularni yagona geoinformatsion bazaga integratsiya qilishning samarali yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat. Ishda geoaxborot tizimlari (GIS) yordamida kadastr ma’lumotlarini raqamlashtirish, georeferenslash, klassifikatsiyalash va standartlashtirish jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, ko‘p qatlamli geoaxborot bazalari arxitekturasi va ularning madaniy meros obyektlarini monitoring qilishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularni hisobga olish va boshqarish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5150-sonli “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
- S Abdurakhmonov, M Khamidova, Y Romanyuk, Sh Sattorov, Sh Adizov, E Karimov and M Bozorov, Conventional and current approaches of urban mapping and geodetic base formulation for establishing demographic processes database: E3S Web Conf., 497 (2024) 02028
- Inamov A., Sattorov Sh., Dadabayev A. and Narziyev A. ‘Geoportal visualization of state cadastre objects’, In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, Vol. 1068, p. 012016, 2022, doi: 10.1088/1755-1315/1068/1/012016.
- J. Gerts, S. Khasanov, E. Karimov, and N. Teshaev, ‘Importance of Big Data variables in Agriculture: A comprehensive literature review with a particular focus on variables’, E3S Web Conf., vol. 563, p. 03010, 2024, doi: 10.1051/e3sconf/202456303010.
- M. Khamidov, A. Inamov, U. Islomov, and Z. Mamatkulov, E3S Web of Conferences 365, 01008 (2023)
- Сатторов Ш.Я. и др. Use of aerocosmic methods and GIS programs in construction of space data models of pastural land //Aктуальные научные исследования в современном мире. – 2020. – №. 5-4. – с. 16-22.
- Allen D.W. Getting to know ArcGIS modelbuilder//ESRI Press,380 NewYork Street, Redlands, California 92373-8100. 2011 y. https://lex.uz/acts/25461