TlIn₁₋ₓCoₓSe₂ QATTIQ ERITMALARINING TENZOREZISTIV XUSUSIYATLARI TAHLILI VA MEXANIZMI

Ashurov J. D.


Annotatsiya

Mazkur ishda TlIn1-xCoxSe2 (0 ≤ x ≤ 0,5) qattiq eritma monokristallarining tenzorezistiv xususiyatlari tadqiq qilindi. Kristallar Bridgman–Stokbarger usuli yordamida o‘stirildi hamda ularning tenzosezgirlik koeffitsientining temperatura va kobalt konsentratsiyasiga bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqotlar 300 ≤ T ≤ 410 K temperatura oralig‘ida olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kobalt konsentratsiyasining ortishi bilan kristallarning tenzosezgirligi sezilarli ravishda ortadi. x = 0,5 tarkibli namunada tenzosezgirlik koeffitsienti 7466 gacha yetishi aniqlandi. Haroratning oshishi ham tenzorezistiv effektni kuchaytirishi kuzatildi. Aniqlanishicha, bu holat lokal energetik sathlarning termik ionlanishi natijasida zaryad tashuvchilar konsentratsiyasining ortishi bilan bog‘liqdir. Olingan natijalar TlIn1-xCoxSe2 qattiq eritmalarining yarimo‘tkazgichli tenzometriya uchun istiqbolli material ekanligini ko‘rsatadi.


Adabiyotlar

  1. Umarov S.X., Nuritdinov I. Perspektivnye materialy, 2002, №3, 25–27-b.
  2. Nuritdinov I., Umarov S.X., Rustamov V.D. Perspektivnye materialy, 2003, №1, 46–48-b.
  3. Abdullayev G.B. va boshq. Pis’ma v JETF, 1983, №11, 525–526-b.
  4. Allaxverdiyev K.R. va boshq. Pis’ma v JETF, 1992, T.56, №3, 153–155-b.
  5. Guseynov G.D. va boshq. Geliotexnika, 2000, №1, 83–88-b.
  6. Mustafayeva S.N. va boshq. FTT, 2000, T.42, №12, 2132–2135-b.
  7. Sardarlı R.M. va boshq. FTP, 2011, T.45, №11, 1441–1445-b.
  8. Sheleg A.U. va boshq. FTT, 2011, T.53, №3, 443–445-b.
  9. Kaminskiy V.V. va boshq. Pis’ma v JTF, 2014, T.40, №11, 1–7-b.
  10. Kaminskiy V.V., Lani Sh. JTF, 1998, T.68, №3, 53–57-b.
  11. Umarov S.X. Tenzometrik o‘lchashlarning statik rejim metodikasi. Toshkent, 1992.